MAHDUMI A’ZAM MAJMUASI -Samarqand viloyati Dahbed q.dagi me’moriy yodgorlik
(16-19-a.lar). Majmua mashhur shayx, so’fiylar namoyondasi Mahdumi A’zam nomi
bilan bog‘lik, Asli farg‘onalik bo‘lgan ul zot Samarqand hokimi Jonibek Sulton tomonidan
Samarqandga taklif etilgan. O’g‘li Iskandar Sulton uni o‘zining piri deb e’zozlagan.
Mahdumi A’zam 78 yoshida shu Dahbed q.da vafot etgan. 1610 y.da Yalangto‘sh
Bahodir boshchiligida xonaqoh va dahma qurilgan. 17-a.da esa katta masjid qad
ko‘targan. Keyinchalik Mahdumi A’zam avlodlari ham shu yerga dafn qilingan. Nodir
devonbegi tomonidan atrofi devor (bal. 1,4 m) bilan o‘ralib, ta’mir ishlari olib borilgan.
Majmua shim.da hazira, jan.da keng ayvonli katta masjid, yonida kichik masjid,
sharqida darvozaxona, chillaxona va hujralardan tashkil topgan. Katta masjid-xonaqoh 6
ustunli, 12 gumbazli, ayvoni 2 qatorli 14 ustundan iborat. Kichik masjidga uzun yo‘lak
orqali o‘tilgan. Masjid 2 ustunli, vassa shiftli, ayvoni 4 ustunli, poyustunlari toshdan
ishlangan. Haziradagi Mahdumi A’zam saganasi (bap. 1,7 m) kulrang marmar bilan
qoplangan. Pastki qismidaga 9 ta marmar toshtaxtalar Mahdumi A’zam avlodlari,
Yalangto‘sh Bahodir va uning qizi Iqlimaga tegishli bo‘lib, keyingi yillardagi ta’mir
vaqtida hammasi bir joyga to‘plangan. M.A.m. yaqinida minora va keng hovuz
joylashgan. 1998 y.da majmua kayta tiklanib, atrofi obodonlashtirildi.
MASHRAB Boborahim (1640-1711) - o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandasi, shoir,
bastakor, sozanda va hofiz. Xalq ichida "Devona Mashrab", "Eshon Mashrab", "Shoh
Mashrab", "Mardi xudo", "Avliyoi Haq", "Sohib karomat" kabi nomlar bilan mashhur
bo‘lgan. Ijodiy merosi "Devonai Mashrab" qissasi, turli tazkira, bayoz va majmualar
orqali yetib kelgan. M. Namanganda bo‘zchi Valibobo oilasida tug‘ilgan. 7 yoshida
mullaga o‘qishga berilgan. 1665 y.da Mulla Bozor Oxundga shogird tushgan. So‘ngra
Yorkentda, qashqarlik Ofoqxo‘ja eshon xizmatvda ilohiyot bilan shugullanib, 7-8 yil
mobaynida tariqat sulukini o‘tadi. Ibrohim Adham va Mansur Hallojni g‘oyibdan piri
komil deb bildi. Ijodda Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imomiddin Nasimiy yo‘lidan
bordi. Lutfiy, Navoiy g‘azallariga naziralar yozdi, muxammaslar bog‘ladi. M. she’riyatiga
xos asosiy xususiyatlardan biri Allohga bo‘lgan ishqdir. Uning so‘fiyona she’rlarida ilohiy
ishq dardi inson iztirob va alamlari, orzu-umidlari bilan hamohangdir. M. ta’kidlashicha,
odam zotining asosiy nuqsoni "nafsu hirs balosi"ga mubtalo bo‘lganligidir, bu nuqson uni
ilohiy fazilatlardan mahrum etadi, axloqan tubanlashtiradi, o‘tkinchi mayl-istaklarni