Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
185
to‘rtburchak tarxli. Keng hovli (130x80 m) atrofidagi bostirma yo‘laklar (galereya) 288
ta yassi gumbaz bilan berkitilgan. Gumbazlarni chortoq shaklida 208 ustun ko‘tarib
turadi. Ustunlarning bir qismi ostiga keyinchalik alohida poyustunlar ishlangan.
Sharq
tomondagi buyuk peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan alohida ajralib turadi.
Shu peshtoq orqali masjidning katta xonaqoh-maqsurasiga kiriladi. Xonaqohning baland
gumbaziga zangori koshinkor bezak bilan pardoz berilgan. Xonaqoxdagi mehrob
bezaklari koshinkorlik san’atining yuksak namunasidir. Unda usta Boyozid Puroniy nomi
saqlangan. Hovliga qaragan peshtoq oldidagi sahnda ko‘p qirrali mo’jaz bir ko‘shk
(pavilon) bor (uni qurishda
usta Shirin Murodov qatnashgan, 20-a.). Masjid atrofi baland
va qalin devor bilan o‘ralgan. Uning bir qismi sirkor gasht bilan, ba’zi yerlari oq, ko‘k va
zangori koshin bilan bezatilgan. Maydonga qaragan
bosh tarzi markazida peshtoq,
qanotlari toqi ravokdarga bo‘lingan. Peshtoqning naqshinkor bezaklari deyarli
saqlanmagan, ba’zi joylari suvab yuborilgan. M. k. tomlari (gumbazlari) tuzatilib, ustun
poyalari betonlashtirildi. Hovli atrofidaga ravoqli devorlar tuzatildi. Tashqi peshtoq to‘la
ta’mir etildi.
MASIH ("muqaddas yog‘ surilgan") - kutqaruvchi, xaloskor. Qur’on
va musulmon
aqidalarida M. - Iso (as)ni anglatuvchi atama, uning ismidan avval qo‘yiladi yoxud
alohida qo‘llaniladi. Qur’onning Madina davridagi Iso (as)ni xristianlar
ilohiylashtirishlarini inkor etadigan suralarida uchraydi. (3:45/40; 4:157/
156,171/169,172/170; 5:17/19,72/76,75/79; 9:30-
31). M. istilohi Iso (as) haqidaga hshsoyalarda, Muhammad (sav)ning tushlarida, Iso
(as)
bu yerga qaytib tushishida, uni qiyomat kunidagi ishtirokida qo‘llaniladi. Dajjolni
shuningdek, al-Masih al-Kazzob va al-Masih ad-Dajjol deb ham atashadi.
Dostları ilə paylaş: