Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
331
Ismoilning tavalludi bilan bog‘lanadi: cho‘lda qoldirib ketilgan bibi Hojar chaqalog‘i
(Ismoil) dunyoga kelgach, yuvinish va chanqovini bosish
maqsadida suv axtarib shu
yaqindagi Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yelib-yuguradi. Suv topolmay
obdon toliqqan ona chaqalog‘i yoniga qaytsa,
uning oyoklari ostidan suv
chiqayotganligini ko‘radi. Nima kdlarini bilmay shoshib qolgan bibi Hojar "zam, zam"
(ya’ni "to‘xta, to‘xta!") deydi. Boshqa bir rivoyatda onaning mushkul ahvolidan boxabar
bo‘lgan Jabroil (as) yerni siypalab suv chiqarib bergan deyiladi. Lekin oradan ko‘p
asrlar
o‘tib buloq ko‘zi yopilib qoladi. Vaqti kelib Muhammad (sav)ning buvalari Abdulmuttalib
buloq ko‘zini qayta ochgan. Z Qur’oni karimda tilga olingan. Z suviga yuz-qo‘llarni
yuvish, undan ichish haj va umra amallarini bajarishning
belgisi va savobli ish
hisoblanadi. Ziyoratchilar qaytishda o‘zlari bilan suvdan olib ketib, ko‘pchilikka
tarqatadilar. Hoz. Makkada suvni turli hajmlardagi idishlarga
kuyadigan moslama ishga
tushirilgan.
Z suvi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tarkibi kishi tanasi uchun foydali ma’danlarga boyligi,
oshqozon-ichak, qon tomiri va b. ba’zi kasalliklarga davo ekani aniklangan. Shu bois "Z
suvi salomat kishi uchun taom, kasalmandlar uchun shifobaxshdir"
deyilgan hadisi
sharifda.
Dostları ilə paylaş: