www.ziyouz.com kutubxonasi
40
davr hisobida ham tuzilishi mumkin. Bir tomonlama majburiyat (ehson qilish, nazorat va
b.) ayrimlarning fikricha Alloh bilan tuzilgan bitim ya’ni qasam sifatida qaraladi,
boshqalarning fikriga ko‘ra esa - butun jamoa bilan tuzilgan bitim deb qaraladi, unda
boshqa tomonning vakili sifatida qozi yoki har qanday guvoh (shohid) bo‘lishi mumkin.
Agarda bitim mavzui muhim yoxud g‘ayri oddiy yoki tomonlardan biri ishonchsiz (fosiq)
bo‘lsa A. tuzilayotgan vaqtda uchinchi bir shaxsning hozir bo‘lishi shart hisoblanadi.
Agarda barcha zaruriy shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, ya’ni tomonlarning akdi joyida,
bitim mavzui aniq, majburiyatlar kelishilgan bo‘lsa, A. haqiqiy (sahih) hisoblanadi. Bordi-
yu, ulardan birontasi buzilsa, mas., yanglishsa yoki xabardor bo‘lmasa A. haqiqiy emas
(fosid) deb topiladi, lekin u kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng haqiqiy bo‘lishi
mumkin. Agarda qaysidir shartlardan biri umuman bo‘lmagan bo‘lsa, mas., firibgarlik,
majbur qilish va b. zo‘ravonlik holatlarvda A. to‘liq ravishda yaroqsiz (botil) deb topiladi.
Bordi-yu, tomonlar yetkazilgan zararni qoplash haqida bir bitimga kela olishmasa, har
bir tomon ham sudga murojaat qilish huquqiga ega. A. shartlarini qo‘pol suratda buzish
hollarida aybdorlar yetkazilgan zararni qoplashlaridan tashqari jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Maishiy turmushdagi kelishuv, bitim va shartnomalarning aksariyati A. sifatida
rasmiylashtiriladi.
AQIDA (arab. "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash; ko‘plikda -aqoid) -
balog‘atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida
tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy
e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan A.siga bog‘liq. Agar A.si pok
bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir
etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar A.si sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri
bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi. A. masalasi
o‘ta muhim bo‘lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg‘ambar Muhammad
(sav)gacha bu masalani Alloh taoloning o‘zi ko‘rsatib bergan. Odamatodan tortib
hozirgacha A. masalasi bir xil bo‘lib kelgan. Islom A.larining asosi Qur’onda berilgan,
hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik
yo‘nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan A.lar yoki imon talablari 7 ta: Allohning
yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxiratga, takdirga
va qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish (q. Sunniylik). Shialik yo‘nalishi
ilohiyotida 5 A. tan olinadi: tavhid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg‘ambar)ga
ishonish, adl (ilohiy takdirning adolatligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini
tanish), maod (oxiratga ishonish) (q. Shialik).