Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Bu hol musulmonlar bilan boshqa dindagilar o‘rtasida kelishuv
va tinch munosabatlar
o‘rnatilishiga imkon bergan. Hoz. kunda Zaburga e’tiqod va amal qiluvchilar yo‘q
bo‘lganidan A. ul-K.lar deyilganda nasoro va yahudiylar tushuniladi.
AHLI BAYT (sinonimlari: Ol al-bayt, Ol an-nabi) - "Xonadon ahli", "Payg‘ambar oilasi".
Qur’onda zikr etilgan. U musulmon mualliflari tomonidan har xil sharxlanadi. Sunniylar
bu tushunchani keng ma’noda qo‘llab, unga Muhammad (sav)ga yaqin bo‘lgan odamlarni
ham kiritadilar. Shialar A.b.ni Fotima, Ali, Hasan, Husayn va ularning avlodlari bilangina
chegaralaydilar. "Payg‘ambar oilasi"ga sig‘inishni samoviy ahamiyatga ega deb bilib,
uning oila a’zolarini "ilohiy nur" sohiblari va
maxsus bilimlar egasi, deb hisoblaydilar.
AHLI SUNNA val JAMOA -musulmonlarning asosiy va jumhur ommasi e’tiqod va amal
qilib kelayotgan akddaviy va mafkuraviy mazhablarning jamlama nomi. Islomning
dastlabki davrlarida boshqa mazhab va oqimlar kabi A.S.val J. ham bo‘lmagan. Birinchi
hijriy asrning birinchi yarmi oxirlarida turli siyosiy sabablarga ko‘ra, musulmonlar safida
ajralish paydo bo‘ldi.
Avval xorijiylar toifasi, keyinroq shia va b. musulmonlar
ommasidan ajrab chiqtsilar. Ularga o‘ziga xos nomlar berila boshladi. Har tomon o‘zining
haqligani isbot qilish uchun o‘z fikrini, yo‘nalishini himoya qilib chiqqan, shu tariqa har
guruhning o‘ziga xos aqidasi shakllana boshlagan. Boshqa firqalar ajralib chiqqach,
qolgan musulmonlarning asosiy ommasi A.S.val J. deb atala boshlangan. Bu nomda
Payg‘ambar (sav)ning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik
jamoasi ma’nolari aks etgan. Shuning uchun ham A.S.val J.
ulamolari boshqa
toifalarning hammasi bilan tortishganlar va ularning xato fikrlarini tanqid qilganlar.
Avvalgi aqidaviy tortishishlar faqat Qur’on va hadis asosida bo‘lgan. Bu ma’noda hazrati
Ali, Abdulloh ibn Abbos kabi sahobalar xorijiylarning boshliqlari bilan olib borgan bahs va
tortishuvlari A.S.val J.ning dastlabki dalil keltirish urinishlari bo‘lgan. Keyingi avlod
musulmonlari ichidan Hasan Basriy va uning hamfikrlarini keltirish o‘rinlidir. A.S.val J.ga
mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr,
Umar, Usmon va Ali) hokimiyati qonuniy ekanligini tan olish, oltita hadis to‘plami (al-
Buxoriy, Muslim, at-Termiziy,
Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja to‘plamlari)ni sahih
(ishonchli) deb bilish, to‘rt diniy-huquqiy mazhab - hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik,
xanbaliylikdan biriga mansub bo‘lishdan iborat. Islom davlatlari hududlarining kengayib
borishi turli din, toifa, mazhab va mafkura tarafdorlarining musulmon bo‘lishi
oqibatida
aqidaviy masalalar yana ham murakkablashib ketdi. Buning ustiga turli tomonlardan
musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oldi. Ana shunday
murakkab holat A.S.val J. aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solishni
taqozo etdi. Bu ishni musulmon olamining mashriq tomonida Abu Mansur al-Moturidiy
as-Samarqandiy va ikkinchi tomonida Abul Hasan aya-Ash’ariy uddaladilar. A.S.val
J.ning aqidaviy masalalari o‘sha ikki olim shaxsiga nisbat berilib (ash’ariylar,
moturidiylik) deb nomlanadigan bo‘ldi. A.S.val J. faqatgana aqida bobida emas,
balki
boshqa sohalarda ham o‘ziga xos mazhablarni birlashtirgan. A.S.val J.ning o‘ziga xos
tafsir maktabi ham bor. Ularning mashhur tafsirlari jumlasiga Abu Mansur al-
Moturidiyning "Ta’vilotu ahli sunna", Abul Barakot Nasafiyning "Madorikut Tanziyl",
Ismoil Haqqiyning "Ruhul Bayan" tafsirlari va b. kiradi. A.S.val J.ning o‘ziga xos hadis
sharhi maktabi ham yuzaga kelgan. Bu maktabning yirik namoyondalari ichida
Asqaloniy, Badriddin Ayniy, Ali Qori kabilar bor. Shunga o‘xshash islomiy ilmlarning
barcha sohalarida A.S.val J.ning o‘z maktablari bor. 20-a.
oxirida islomning dunyodagi