BARAKA - islom ilohiyotida biror ishga Allohdan rivoj tilash, oq fotiha berish mazmuniga
ega bo‘lgan tushuncha; xayrli istak va qo‘rqut. Qur’onda B. uch harf, ya’ni BRK ildizidan
chiqqan bir qancha so‘z va tushunchalardan iborat. B. so‘zi ko‘plik shaklida barakot deb
yuritiladi. Qur’onda keltirilishicha, B.ning nozil etuvchisi Alloh bo‘lib, u B.ni
payg‘ambarlarga (Iso - 19:31/ 32, Muso - 27:8, Ibrohim, Ishoq - 37:113) va ularning
yaqinlariga (11:48/50, 76/73) ato etgani zikr etiladi. B. istagi musulmonlar o‘rtasidagi
an’anaviy salom-alikning tarkibiy qismiga aylangan. Oddiy xalq tilida B. mehnat va
faoliyatda, hosil va daromadda unum, mo‘l-ko‘llik ma’nosini bildiradi.
BARKONIY, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ad-Barkoniy (948 - 1034) - shofi’iylikdagi
mashhur muhaddis, mufassir, faqih, adib va shoir. Xorazmdagi Kot (Kas) sh. atrofidagi
Barkon qishlog‘ida tug‘ilgan. B. fiqhni dastlab Xorazmda o‘rganib, so‘ngra Xuroson va
Iroq sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan. Bag‘dodda yashagan va jome masjidi qoshidagi
qabristonga dafn etilgan. B.ning 5 ustozi va 5 shogirdi bo‘lib, fiqhga doir 3 ta asar
yozgan.
BARO’ ibn OZIB, to‘liq ismi Abu Amr al-Baro’ ibn Ozib ibn al-Xoris al-Ansoriy al-Avsiy
(7-a.) - sahoba. Badr jangiga. bormoqchi bo‘lganida Rasululloh (sav) uni yoshligi tufayli
jangdan qaytarganlar. Muhammad (sav) bilan birga 14 ta g‘azotda, u zot vafotlaridan
so‘ng Ray sh.ni fath etishda (644) qatnashgan. Keyinchalik Ali bilan birga Jamol, Siffin
va Nahravon janglarida jasorat ko‘rsatgan, ko‘p hadislar rivoyat qilgan. Mus’ab ibn az-
Zubayr zamonida (689-691) vafot etgan.
BARSISA, Barsis - Qur’onda (59: 16-17) zikr etilgan inson nomi. Qur’oni karimda
"Mana u (shayton) insonga dedi: "Kofir bo‘l!" Inson kofir bo‘lganida, u dedi: "Men
sendan yuz o‘gardim. Men butun dunyoning rabbisi Alloadan qo‘rqaman!" Ularning har
ikkisi ham oxir-oqibatda to abad do‘zax o‘tiga tashlandilar. Kofirlarning holi shu bo‘lur!".
Bu oyatlar Iblis-shaytonning timsolini aks ettirishda juda muhimdir. Shayton garchi
insonni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dira olsa ham, uni Allohning g‘azabidan himoya eta olmaydi. U
Allohga raqib emas, lekin uning zaif dushmani. Qiyomatda shayton o‘zi yo‘ldan urgan
kishilari qatorida teng jazolanadi. Qur’oni karimdan keyingi rivoyatlarda aytilishicha, B.
ismli zohid aka-ukalari tomonidan tashlab ketilgan bemor qizning hol-ahvolidan boxabar
bo‘lib turishga rozilik bergan. Shaytonning so‘ziga kirgan B. zino ish qilib, so‘ngra
jinoyatini yashirish maqsadida qizni o‘ldirgan; qizning aka-ukalari kelganida B. qizni
xastalikdan vafot etganini aytgan. Biroq Shayton aka-ukalarga singillari o‘limining asl
sababini yetkazgan, ular zohidni o‘ldirish qasdida tutib olishgan. Shunda Shayton
Allohdan yuz o‘girish evaziga uni xalos etishini taklif etgan. B. yuz o‘girgan, lekin shu
zahoti Shayton ham undan yuz o‘girgan. Bu hikoyadan pand-nasihatlarga oid
adabiyotlarda keng foydalaniladi. Fuqaholar undan Shaytonning usullari, kirdikorlarini
ko‘rsatishda yaqqol misol sifatida foydalanadilar: insonning g‘oyibona xohish-istaklaridan
foydalanib, Shayton uni go‘yo solih amallarni (yuqoridagi holatda - bemor qizning hol-