www.ziyouz.com kutubxonasi
50
ahvolidan boxabar bo‘lish) qilishga, aslida esa, uni halokatga yetaklovchi amallarni bajo
etishga undaydi.
BAQO VA FANO (arab. baqo - boqiylik, barqarorlik; fano - foniylik, yo‘qolish,
o‘tkinchilik) - islomdagi tushuncha. Islom dinida baqo - Alloh sifatlaridan biri.
Tasavvufda baqo Allohning boqiy do‘sti bo‘lib qolish uchun o‘zidan voz kechish, barcha
yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano - o‘zidagi barcha
yomon sifatlarni yo‘q qilish yo‘li bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Tasavvufda solik
fano maqomiga yetgach, Allohning haqligi va ulug‘ligi to‘g‘risidagi fikru zikrga g‘arq
bo‘lib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom "fano filloh" deb
ataladi (yana q. Fano).
BAG’DODIY, Abul Barakot Hibatulloh ibn Malka al-Baladiy (1077-1164) - faylasuf,
tabiatshunos, tabib. Bag‘dod xalifalari va saljuqiylar sultonlari saroyida tabiblik qilgan.
B.ning asosiy asari "al-Mu’tabar fil hikma" bizgacha yetib kelgan. Bu asar sharq
peripatetizmi ruhida yozilgan bo‘lib uch qismni - mantiq, fizika va metafizikani o‘z ichiga
oladi. Ikkinchi bo‘limda (Ibn Sino fizikasiga nisbatan) muammoni toraytirib, asosiy
e’tibor tabiiy-ilmiy masalalarni tadqiq etishning asosiy vositalari sifatida tajriba va
kuzatishga qaratiladi. Metafizikada, asosan, sharq peripatetiklari izidan borib B. ularning
ayrim qoidalarini tanqid qiladi. Unga ko‘ra yagonalikdan faqat yagonalik kelib chiqadi,
abadiy o‘tkinchi hodisalarni (havodis) o‘ziga sig‘dira olmaydi, xudoning mohiyatidan
tashqari uning boshqa atributlari bo‘lishi mumkin emas hamda o‘nta fazoviy akdlar
mavjud deb tanqid qildi. Keyinchalik bu tanqid kalom bilan falsafani yaqinlashtirishga
zamin hozirlagan ar-Roziy tomonidan davom ettirildi.
BAG’DODIY, Abu Mansur Abduqohir ibn Tohir (? - 1037) - shofi’iylik faqihlaridan,
ash’ariy ilohiyotchi. Nishopurda ash’ariy Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v.e.)
rahbarligida o‘qigan. B.ning Xurosonda shogirdlari ko‘p bo‘lib, ular orasida mashhur
ilohiyotchi-so’fiy Kushayriy ham bor edi. B. muhofazasi keng olim bo‘lib, fiqh, usuli al-
fiqh, kalom, grammatika, handasa - jami 17 fandan dars bergan. U uchta asar - "al Farq
baynal firaq", "Usul ad-din", "al Milal van nihal" yozgan. Bulardan oxirgisi o‘zining
ma’nosi jihatidan Shahristoniyning xuddi shu mazmundagi asaridan ancha ustun turadi.
B. boshqa sunniy huquqshunoslar yo‘lidan borib xorijiylar, shialar va mu’taziliylar bilan
munozarada imomat g‘oyasini rivojlantirdi. U o‘zining zamondoshi va maslakdoshi
Boqiloniydan farqli o‘laroq, imomat zaruriy narsa va bir vaqtda ikki imomning (mulki
dengiz bilan ajralgan bo‘lsa) mavjud bo‘lishi mumkin deb hisoblagan.