Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
51
bormaslikni maslahat berib, Damashqda uni yahudiylar o‘ldirishi mumkinligini aytadi.
Shu sababdan Abu Tolib savdo ishlarini shu yerning o‘zida bajarib, Damashqqa
borishdan voz kechadi. Muhammad (sav)ni tanish uchun B.
xristianlarning buzilmagan
muqaddas kitoblaridagi u zot haqida bitilgan yeridan foydalangan.
BAHOIYLIK, bahoiyya - diniy-siyosiy oqim. 19-a. o‘rtalarida Erondagi bobiylik
harakatining davomi sifatida Iroqda vujudga kelgan. Asoschisi Bahoullo. U insoniyat
uchun yagona din,
iqtisodiyot va davlat zarur, degan g‘oyalarni ilgari suradi (shu bilan
bobiylikdan farq qiladi). Bahoullo fikricha, mavjud dinlarni yo‘qotishning hojati yo‘q,
ularni qandaydir bir nuqsonsiz ta’limot asosida birlashtirish lozim. Aslida hamma dinlar
yaxshi, faqat ularni ortiqcha aqida va urf-odatlardan tozalash kerak.
Muhimi - Xudoni
sevish kerak, chunki muhabbat - taraqqiyotning sharti va koinot qonunidir. 1979 y.da
Eronda islom inqilobidan so‘ng bu ta’limotning o‘nlab rahnamolari qatl etildi. Bahoiylar
Osiyoning ba’zi mamlakatlarida ham bor. Bahoiylarning ko‘pchiligi Yevropa va
Amerikada, asosiy markazlari Germaniya, AQSh, Panamada,
markaziy qarorgohi Xayfa
(Isroil) shahrida. O’zbekistonda bahoiylarning ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta jamoasi bor
(1998). Ular Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridadir. O’z an’anaviy
bayramlarini
o‘tkazadi, Xayfa sh.ga ziyoratga borib turadilar.
Dostları ilə paylaş: