Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
BUXORIY, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) 
(810.21.7, Buxoro — 870.31.9, Samarkand yaqinvdagi Xartang qishlog‘i) - islom 
olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni 
deb ham yuritiladi. 
Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislarvdan, imom Molik ibn Anasning shogird va 
ashoblaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, 
oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 
yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga 
kirishadi. Tanikli muhaddislar-al-Dohiliy, Muhammad ibn Salom al-Beykandiy, 
Muhammad ibn Yusuf al Beykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va b. dan 
saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan 
birorta ham hadis qoddirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingana boshqa 
shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. B. 16 yoshga yetguncha, o‘z 
yurtidaga mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon 
yo‘l oladi. 825 y. B. onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. 
Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat 
ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 y. Madinaga boradi. 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Madinadagi mashxur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim 
ibn Hamza va b. bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda 
Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan 
edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va 
mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, B. 
Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 y. davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va 
Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, 
Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq 
oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis 
ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu kushishlari bu vaqtda Buxoroda 
hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli B. Buxoroni 
tark etib, Poykendga, keyin esa, Samarqavd yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib 
yashashga majbur bo‘ladi. B. butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va 
moddiy jihatdan ko‘llab-quvvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh 
yuz dirhamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha 
dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. B. umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga 
solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga 
ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va 
vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq 
holda olib borgan. B. jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming 
"sahih" va 200 ming "g‘ayri sahih" hadisni yoddan bilgan. B. o‘zining noyob qobiliyati, 
iqtidori, quvvai-hofizasining o‘ta kuchliliga bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga 
o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish B. ga shon-sharaf keltirdi, uni islom 
dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. B. 20 dan ortiq kitob tasnif 
etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. B.ning "Al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchli 
to‘plam") deb nomlangan 4 jild (juz’)dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa 
muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir 
qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 
1991-96 y.larda 4 jildda nashr etildi (yana q. "Sahihi Buxoriy"). 
B. yaratgan "Al-Adab al-mufrad" ("Adab durdonalari") asari katta tarbiyaviy ahamiyatga 
molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir 
necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 y. Toshkentda nashr qilingan. 
Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan "Kitob al-kunya" ("Kunyalar haqida kitob") 1940 
y. Hindistonda chop etilgan. B.ning "At-Tarix al-kabiyr" ("Katga tarix") kitobi esa 
Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod 
kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek, "At-tarix as-sag‘iyr" ("Kichik tarix") ham hadis 
tarixiga oid qimmatli asar xisoblanadi. U Hindiston va Qohirada chop etilgan. B. yaratgan 
"Kitob al-favoid" ("Foydali ashyolar haqida kitob"), "Al-Jome’ al-kabiyr" ("Katta 
to‘plam"), "Xalq af’ol al-ibod" ("Alloh bandalari ishlarining tabiati"), "Al-Musnad al-kabiyr 
("Katta musnad"), "At-tafsir al-kabiyr" ("Katta tafsir"), "Kitob al-xiba" ("Xayr-ehson 
haqida kitob") va b. asarlarning ba’zilari bizgacha etib kelmagan, ba’zilari jahonning turli 
mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. B.ning boshqa 
asarlari orasida "Tafsir al-Qur’on" ("Qur’on tafsiri") kitobini ham alohvda ta’kidlash 
kerak. B. asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida 
payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Davlat va 
jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari B. asarlariga tayanib ish tutadilar. 
Istiklol sharofati bilan azaliy va adabiy qadriyatlarimiz qatori B.ning o‘lmas merosi el-
yurti bag‘riga qaytdi, xalqimiz ongu tafakkurini ravshan eta boshladi. O’zR Vazirlar 
Mahkamasining "Buyuk muhaddis imom al-Buxoriy tavalludining 1225 (hijriy hisobda) 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin