ZANGI OTA, asl ismi Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja (? - 1258) — avliyo, hakim. Toshkentda
tug‘ilib, yashagani haqida ma’lumotlar bor. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob
eshonning avlodi (avarasi). O’ta qora tanli bo‘lgani uchun zangi (zanji) deyishgan.
Tasavvufni targib qilgan. El-yurt molini boqib podachilik bilan shug‘ullangan. Rivoyat
qilishlaricha, uning qaramog‘idaga mollar yaylovda o‘tlab kechqurun uyga qaytishda
kishilarning ekinzorlariga kirmas, o‘t-o‘landan bir chimdim ham yemas ekan (shu sababli
chorvadorlar Z.o.ni o‘z pirlari deb hisoblaydilar). Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Zangi
ota Hakim ota (piri)dan diniy bilimlarni olib, shu bilan birga mustaqil aql va ilm hosil
qilgan. Hakim otaning asl nomi Sulaymon Boqirgoniy bo‘lib, u zot so’fiy shoir bo‘lgan,
Ahmad Yassaviyning xalifasi edi. Hakim ota vafot etganidan keyin, oradan ma’lum vaqt
o‘tgach Z.o. u zotning bevalari bo‘lmish bibi Anbarga Xorazmga sovchi yuboradilar va o‘z
nikohiga oladi, Anbar bibidan bir necha farzandlar ko‘radi. Z.o. maqbarasi O’rta
Osiyodaga g‘oyat ajoyib tarixiy va me’moriy obidadir. U 14-a.ning 90-y.larida qurilgan.
Bu hakdagi bir rivoyatda, Amir Temur Yassaviyning qabrini ziyorat qilgani keladi va qabr
ustiga maqbara qurishga farmoni oliy beradi, ustalar ishga kirishadilar, lekin har kuni
kechasi devor kulab tushaveradi. Bu qiziq bir sinoat edi. Shunda Ahmad Yassaviyning
ruhlari paydo bo‘lib, mendan avval shoshlik (toshkentlik) Z.o. (Oyxo‘ja)ga maqbara
quringlar, degan ekanlar. Bu voqeadan keyin Yassi sh.dan Z.o. maqbarasigacha odamlar
qator turib g‘ishtlarni qo‘lma-qo‘l uzatishgan emish. Z.o. qabrini me’moriy obidalar
majmui ham deyiladi. Zero, u darvozaxona, minor-mezona, masjvd, madrasa, xonaqoh,
shiypon, hovuz, Zangi ota va umrdoshlari Anbar bibi maqbaralaridan tashkil topgan.
Olimlarning fikricha, maqbara uslubiy jihatdan Samarqand sh.dagi obidalarga
o‘xshashligi chindanda, uning Amir Temur tomonidan qurilganidan dalolat beradi. Z.o.
va Anbar onaning qabrlari Toshkentdan 16 km jan.da, Zangaota tumanidagi Zangaota
qishlog‘ida. Bu maskan katta ziyoratgoh hisoblanadi.