Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
332
Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida-alohida qilib kurilgan.
Zangi ota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan bo‘lib, hovliga
shim.-sharq va shim.-g‘arbdagi darvozalar orqali o‘tiladi. Minora ham shu hovlining
o‘rtarog‘iga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib kurilgan. Z.m.ga
ikki tomoni terakzorli
xiyobon orqali boriladi. Majmuaga jandan qad. qabriston tutashgan, uning atrofi devor
bilan o‘ralgan. Zangi ota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan,
qolgan uch tomoni esa
qabristonga yondosh qilib qurilgan.
Zangi ota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxona, go‘rxona va uning ikki yonida kichik
xona qoldikdari saqlangan), bezaksiz bo‘lgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi
asosdan, burchaqlaridagi bag‘al sakkiz qirrali, gumbazlari har xil.
Darcha va tobodonlar
ishlangan. Go‘rxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis o‘yma naqsh va arabiy xatlar
bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq
va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va go‘rxona poygumbazi sayqallangan g‘ishtchalar,
o‘ymakor rang-barang koshinlar bilan bezatilgan.
Ichki xona idorasi parchinli, mehrobiga
"P" shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal
berilgan. Peshtog‘idagi namoyon hoshiyalari sopol, sirkor gasht va yig‘ma
koshin terilib,
unga sakkiz burchaqli turunjlar ishlangan. Maqbara Amir Temur tomonidan qurilganligi
(14-a. 90-y.lari) va Ulug‘bek davrida (15-a.ning 20-y.lari) bezak ishlari bajarilganligi
aniqlangan. 16-17-a.larda peshtoq va gumbazlari ta’mirlangan. Maqbara yoniga bir
qavatli madrasa va namozgoh masjidi kurilgan (1832). Madrasa
bir qavatli qator hujra,
2 darvozaxona va 3 yirikroq xona (darsxona)dan iborat. 1870 y.da Z.m. ta’mirlanib,
namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan. Qo‘qonlik usta hoji Muhammad bezagan.
Majmua atrofi obodonlashtirilib, tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.
ZARAZMIY, Abul Hasan Ali ibn Xujr as-Sa’diy al-Marvaziy az-Zarazmiy (771-858) -
muhaddis, faqih, adib. Marv viloyatidagi Zarazm qishlog‘ida tug‘ilgan. Iroq va Xijozdagi
shaharlar bo‘ylab ko‘p sayohatlar qilgan. Undan ta’lim olish uchun huzuriga turli
mamlakatlardan olimlar kelishgan. Sam’oniy Z.ning 10 ta ustozi va 7
shogirdini sanab
o‘tadi. Z fiqh va hadisga oid 3 ta asar yozgan. Zarazm qishlog‘idagi qabri ziyoratgoh
bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: