Malaka – ongli faoliyatni ko‘p takrorlanishi yoki ko‘p mashqlar natijasida
avtomatlashgan harakatlar tizimi.
Malakalarning rivojlanishi – muayyan faoliyat sohasiga doir malakalarning
kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib, mukammalashib
borishdan iborat qonuniyat.
Matonatlilik – shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida
uchraydigan har qanday ob’ektiv hamda sub’ektiv qiyinchiliklarga bardosh berib,
ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
228
Motiv – odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivatsiya – shaxsning nima uchun ma’lum vaqtda boshqa fikr va
harakatlarni yemas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab
berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya.
Mehnat – tarixan tarkib topgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan boylik
yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.
Mehnat terapiyasi – mehnat jarayonlaridan davolash maqsadlarida
foydalanadigan fan tarmog‘i.
Mehnat tarbiyasi – yosh avlodni mehnatga nisbatan ongli munosabati –
mehnasevarlik ruhida har qanday jamoat, ijtimoiy foydali mehnat turini bajarishga
psixologik jihatdan tayyorlashdan tarkibiy qismi.
Mehnat ta’limi – politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasining yosh avloddan
mehnatga, ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohaga doir bilim, ko‘nikma, malaka va
odatlarni tarkib toptirish rivojlantirishdan iborat turi.
Mehnat malakalari – mehnat faoliyatining ma’lum bir sohasiga doir
avtomatlashgan mustahkamlangan harakatlar.
Mehnasevarlik – mehnatni xurmatlash uning har qanday turini bajarishga
doim tayyor turishdan iborat xarakter xislati.
Mehnat qobiliyati – shaxsning muayyan mehnat turini muvaffaqiyatli
bajarishni ta’minlash uchun zrur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksional
imkoniyatlari yig‘indisi.
Mahorat – muayyan foliyat sohasida mustahkam bilimlarga yuqori darajada
uddlash qobiliyati va malakalarga yega bo‘lishdan iborat shaxsiy sifat bo‘lib, ishini
yuksak va miqdor ko‘rsatkichlr bilan tez bajarishdan iborat ixtisos darajasi.
Mashq – ma’lum bir aqliy yoki jismoniy harakatlarni ularni puxta yegallash
va sifatini yaxshilash maqsadida ongli ravishda bir necha bor qayta bajarishdan
iborat takrorlash jarayoni.
|