Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
2 5208751846268607301

Motivlar kurashi – shaxsning oldida bir yemas bir qancha maqsadlar mavjud 
bo‘lgan taqdirda ulardan yeng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan 
ikkilanishdan iborat holat. 
Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni 
boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni tekshirish 
bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. 
Malakalarning regressi – ma’lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan 
malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida 
asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Mutaxassis – shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi
tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun 
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi. 
Mutaxassislik tavsifnomasi – muayyan kasb yoki mutaxassis ishchilari 
mehnatining mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablarining 
bayoni. 
Mutaxassislik sinovlari – o‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limining to‘liq 
nazariy va amaliy kursini tamomlagandan keyin, ularning kasb bo‘yicha olgan 
bilim va malakalarini tekshirish ularga ta’rif ixtisos darajasini berish uchun 
o‘tkaziladigan tadbir. 
Mutaxassislik imtixonlari – mutaxassis sinovlarining bir qismi bo‘lib, ishlab 
chiqarish ta’lim natijasida o‘quvchilarning olgan maxsus nazariy bilimlarini 
tekshirish uchun o‘tkaziladi. 
Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik 
muammolarini o‘rganuvchi sohasi. 
Mehnat madaniyati – mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga doir bilimlar
malakalar va odatlar tizimidan iborat individual xislat. 


230 
Malakalarning ko‘chishi – muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan 
malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat 
qonuniyat. 
Mustaqillik – shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni hal 
qilishida ayniqsa murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq yo‘lni 
tanlashda o‘zining mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda ye’tiqodiga yega bo‘lishdan 
iborat irodaviy xarakter xislati. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin