Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
2 5208751846268607301

Ғозиев Э. Умумий психология. –Т., 2002. – Б. 188–190. 


59 
Hissiy portlash ro’y berganda kishi o’zini nazorat qila olmay qoladi
qilayotgan ishining oqibatini o’ylamaydi va aql-hushini yo’qotib qo’yadi. 
Tormozlanish miya qobig’ini egallab, kishining tajribasi, uning madaniy va 
ma’naviy asoslarda mustahkamlangan muvaqqat bog’lanishlarning tarkib topgan 
tizimini ishlatmay qo’yadi. Hissiy portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, 
barcha narsalarga befarq munosabatda bo’lish, harakatsizlik, ba’zan esa mudroq 
bosish boshlanadi. 
Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga 
muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. 
Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik
jur’atsizlik, zerikish, qayg’urish singari his-tuyg’ular ruhiy holatining umumiy 
tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga 
kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug’diradi. 
Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo’lsa, tengdoshlarining hazili, 
keksalarning pand-nasihatlari, masla- hatlariga, quvnoq kayfiyat chog’dagiga 
nisbatan, boshqacharoq muno- sabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish 
va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o’zaro yordam, 
hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani 
shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning 
kafolatidir. 
Stress, psixologik ta’rifiga ko’ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin 
davomiyligiga ko’ra kayfiyatga yaqin bo’lgan his- tuyg’ular boshdan 
kechirilishining alohida shakli bo’lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati 
(inglizcha «stress»– tazyiq ko’rsatish, zo’riqish degan so’zdan olingan)dan 
yoxud hissiy zo’riqishdan ibo- ratdir. Hissiy zo’riqish xavf-xatar tug’ilgan, kishi 
xafa bo’lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o’xshash vaziyatlarda 
ro’y beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik 
fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo’yicha «stress – inson organizmiga 
qo’yilgan ortiqcha talabdir»
12

12
Селье Г. Стресс и дистресс. – М., 1999. – С. 25. 


60 
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda o’zgaradi, 
qo’zg’alishning umumiy reaktsiyasi paydo bo’ladi, harakatlari tartibsiz ravishda 
amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaktsiyaga olib keladi, 
natijada sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida 
fiziologik o’zgarishlar tashqi tomondan qariyb ko’zga tashlanmasligi mumkin, 
biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni 
stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon 
raqamini adash- tiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil 
buziladi, idrok ko’lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi. 
Frustratsiya kishi maqsadga erishish yo’lida bartaraf etib bo’lmaydi deb 
hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to’sqinliklarga, g’ovlarga duch 
kelgan hollarda yuz beradi. 
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o’zini anglashida 
turli xil o’zgarishlarga olib keladi. Frustratsiya holati shaxs o’zini yo’qotib 
qo’yishi, ya’ni jabrlanuvchi jinoyatchiga qarshilik ko’rsata olmaganida, 
jinoyatchi ko’zlagan maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to’siqqa 
duch kelganida namoyon bo’ladi
13

Iroda kishining oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni 
engib o’tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va 
o’z-o’zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-
atvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilana- digan 
alohida turidir. Shu ma’noda iroda to’siqlarni engib o’tishga qaratilgan aqliy, 
maqsadga yo’naltirilgan psixik faollik bo’lib, maqsadga intilishda sodir bo’ladi 
va instinktlar manbaida shakllanadi. 
Irodaviy faoliyatda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zi 
nazorat qiladi. 
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o’z ehtiyojlariga 
13

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin