Левитов Н. Д. Фрустрация – один из видов психических состояний // Вопросы психологии. –
2000. – № 6. – С. 120.
61
ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladigan kishining mehnat faoliyatida
paydo bo’ladi.
Iroda o’zaro bog’liq ikki vazifaning bajarilishini ta’min- laydi. Birinchisi –
undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Taqiqlovchi
vazifasi faollikning yoqimsiz ko’rinishlarini jilov- lashda namoyon bo’ladi.
Kishining harakatga
undovchi
mayllari ma’lum
bir
yo’lga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan
himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual his-
tuyg’ularni
boshidan kechirish
bilan bog’liq, yuksak niyatlarga borib
taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi. Irodaning undovchi va
taqiqlovchi
funktsiyalari
bir butun
holdagina
shaxsning
maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi.
Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil
bo’lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o’z faoliyati natijalari
uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni
shaxsiy kuch-g’ayratlari va qobiliyatlariga bog’lashini belgilaydigan sifatlar
nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi»
degan atama qo’llaniladi, lotinchada «lokus» – «o’rnashgan joy» va
frantsuzchada «controle» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi). O’z xulq-
atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va
boshqalar)dan deb bilishga moyil bo’ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda
nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Muxandis xodimlarida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat
samaradorligini ta’minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis
xodimlari o’z kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan,
ba’zan xizmat faoliyatlarida maqsadga erishish uchun to’sqinlik qiladigan turli
to’siqlarga duchor bo’ladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va
to’siqlarni engishga undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari
muhimdir. Irodaviy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun mashg’ulotlar jarayoniga
62
qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlarni
kiritish katta yordam beradi.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi:
1)
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan
boshlash;
2)
qiyinchiliklarni
va to’siqlarni
bartaraf
etish
ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshirilishini tushunish;
3)
qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi;
4)
maqsadga erishish bosqichlarini ko’ra olish juda muhimdir.
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan
boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo’lmagan qiyinchilikni, vaqt o’tishi
bilan kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi o’zining
irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.
Muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning
o’rni beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni
saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi.
Xodimning hissiy-irodaviy turg’unligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
– ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar
tug’diruvchi psixologik reaktsiyalarning yo’qligi;
– psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato
bajarish;
– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga
nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish.
Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan o’z
xatti-harakatlarini boshqara olishi, o’z his-tuyg’ularini nazorat qila olishiga
bog’liq. Shuningdek, muxandisxodimlarining o’zlarini irodaviy boshqara olishi,
murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati
bilan belgilanadi. Ya’ni xodim o’zini irodaviy boshqarish orqali salbiy
hissiyotlarni yo’q qilishi, o’zida ishonch hissini uyg’otishi, diqqatini bir joyga
jamlashi va butun kuchini qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning
63
asosiy sifatlaridan sanaladi.
Xodim o’zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi
uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining
pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi
barchaga ma’lum.
Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o’zini o’zi boshqarish yo’llari va
usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat
faoliyatida kuchli irodaga ega bo’lgan, o’z hissiyotlarini boshqara oladigan,
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o’zining jismoniy va
aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko’proq
muvaffaqiyatga erishadi.
Shu ma’noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham
xodimning o’z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy
salohiyatining ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo’lishiga
yordam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.
Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning o’ziga
xos sifatlari, ya’ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan
mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib,
shaxsning psixo- logik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun
xizmat qilib kelgan.
Temperament lotincha «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib,
«aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki
ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda
yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo’llanilib
kelinmoqda
Psixikaning individual jihatdan o’ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik
ko’rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.
Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik,
melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib
64
kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko’pligi bilan
xarakterlanadi) sangvinik temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon»
so’zidan olingan); limfa ko’p bo’lganda flegmatik temperament (grekcha
«flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o’tning ko’payganligini holerik
temperament (grek tilidagi «hola» – «o’t» so’zidan olingan); qora o’t ko’p
bo’lganda melanxolik temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o’t»)
deb ataladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos
bo’lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Psixik faollikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan hodisalarga tez
munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o’zgartirishga intiluvchi,
ko’ngilsizliklarni nisbatan engil o’tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo’lgan
kishi sangvinik deyiladi.
Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg’uga
ega, harakatlari va nutqi bir maromida bo’lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda
ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi.
Juda g’ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo’lgan, tez,
qizg’in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o’zgarishlariga moyil,
ildam harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, atrofdagi
voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o’zini nazorat qila oladigan va sekin
ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.
Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko’ra):
1)
kuchli, ehtirosli, behalovat – holerik;
2)
kuchli, bosiq, epchil – sangvinik;
3)
kuchli, bosiq, sust – flegmatik;
4)
kuchsiz – melanxolik
|