Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
2 5208751846268607301

3. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
Muxandis 
xodimlarining 
kasbiy 
qobiliyati 
va 
mahoratini 
takomillashtirishning etakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan 
tayyorlashdir. 


74 
Kasbiy faoliyat – bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus 
bilimlar, ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan 
sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat – bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). 
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini 
oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat 
xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga 
keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni 
talab etadi. 
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb 
mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va 
rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va 
profilaktik faoliyatning o’ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob 
beradi, ularni amalga oshirishning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to’rt 
guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat: 
– 
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his-
tuyg’ulari (o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni 
tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi); 
– 
xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga 
oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini 
oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni 
yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning 
psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat 
vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun 
kompleksini mohirlik bilan qo’llay olishda namoyon bo’ladi; 
– 
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy 
kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni 
qo’llash mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va 
tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan 
vazifalar uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib 


75 
qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik; 
– 
psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining 
psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli 
vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon 
bo’ladi). 
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi 
muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional 
ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib 
borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini 
ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining 
faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir. 
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda 
operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur 
bo’lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus 
tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir. 
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat 
hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega 
bo’lmog’i lozim. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin