Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
2 5208751846268607301

Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– 
kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va 
rivojlantirish; 
– 
hamkasblar 
bilan 
psixologik 
aloqa 
o’rnatish 
ko’nikmalarini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 
– 
operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish 
ko’nikmalarini shakllantirish; 
– 
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir 
etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish; 
– 
og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni 
shakllantirish; 


76 
– 
shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga 
o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rgatish; 
– 
irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish; 
– 
ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish. 
Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va 
rivojlantirish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy 
ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu 
xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy 
jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga 
tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini 
rivojlantiradi. 
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o’rnatish uquv mahorati 
hamda ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Psixologik 
tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o’rnatish usullari va yo’llari 
tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o’rnatish 
va ularni o’ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot 
jarayonida psixologik to’siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo’lishi kerak. 
Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o’rnatish jarayonini 
engillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o’zlashtirishlarini taqozo 
etadi. 
Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida 
ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish. 
Xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga 
nizolarni hal qilish usullarini o’rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining 
samaradorligi ko’p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishning 
ishontirish, majburlash, rag’batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik 
bilan foydalanishlariga bog’liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o’zini tutish, turli 
taktik usullarini qo’llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda 
foydalanish ko’nikmalari ham shakllangan bo’lishi kerak. 


77 
O’zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar 
kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi 
mumkin bo’lgan ko’plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. 
Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik 
qobiliyatida namoyon bo’ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim 
ko’rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o’rinda xizmat vazifalarini bajarish 
chog’ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko’rish qobiliyatini shakllantirish 
muhim. Psixologik barqa- rorlikning shakllanganligi xodimlarga eng qiyin 
psixologik sharoitda o’z vazifalarini kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi. 
Bunga mashqlar va amaliy mashg’ulotlar jarayonida og’ir vaziyatlarni 
modellashtirish yo’li bilan erishish mumkin. 
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga 
o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rga- tish. Xodimlarning psixologik 
barqarorlik va og’ir vaziyatlarda o’zini tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat, 
muvaffaqiyat- sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o’zini 
boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni 
taqozo etadi. Xodimlar o’z xatti- harakatlari va his-tuyg’ularini nazorat qilish va 
boshqarish olishlari shart. Ular mashg’ulot va mashqlar jarayonida o’zlarini 
boshqarish, asabiy zo’riqishni yo’qotish, ichki imkoniyatlarni qo’yilgan vazifani 
bajarishga safarbar qilish usullarini egallashlari kerak. 
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish. Ish 
faoliyatida qiyinchiliklar va to’siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular 
ushbu qiyinchilik va to’siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish 
etishlariga to’g’ri keladi. Irodaviy harakat ko’nikmalarini rivojlantirishga 
mashg’ulotlar jarayonida qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi 
muayyan elementlar, to’siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar 
jarayonida to’plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy 
xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi. 
Ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyorlik. Muxandis xodimlar faoliyatiga xos 
xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko’pincha stress holatini 


78 
keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og’irlik tushadi. Bu, o’z 
navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari 
hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo’riqishni 
bartaraf etishga yordam beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini 
bajarish usullari) bilan tanish bo’lishlari lozim. 
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega 
bo’lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beruvchi 
maqsad, ob’ekt, sharoit va usullarga bog’liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi 
bilish jarayoni ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. 
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo’lgan va 
bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini 
keltirib chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishda maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida 
mazkur xislatlar rivojlantiriladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin