Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

 
 
Nurash turlari
Yer yuzasida xar kanday tog‘ jinslari xaroratning yil davomida sutkali o‘zgarishi tufayli 
havo va namning o‘zgarishi hamda turli kimyoviy jarayonlar natijasida va nixoyat 
organizmlarning hayot faoliyati natijasida nuraydi. Bu jarayonga nurash deb ataladi. 
Kechadigan jarayonga karab fizik, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo‘linadi. 
Fizik nurash. 
Haroratning o‘zgarishi natijasida tog‘ jinslarining parchalinishidir. Issiqdan 
tog‘ jinslarining xajmi kengayadi, sovuqda torayadi. Xar xil menirallar quyosh issiqligi 
ta’sirida bir tekisda o‘zgarmaydi, chunki minyeralning issiqlik o‘tkazishi, saqlashi va tarqatish 
xususiyati turlichadir. Kora rangli tog‘ jinslari och tusli jinslarga nisbatan tezroq qiziydi va 
tezroq maydalanadi.
Kimyoviy nurash
– Tog‘ jinslari va minyerallar suv hamda atmosfyeradagi kislorod va 
karbonat angidrid ta’sirida kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Bu o‘zgarishga ximiyaviy nurash 
deyiladi. Bu nurash vaqtida yerish, gidroliz, gidratlanish va oksidlanish xodisalari yuz byeradi.
Biologik nurash – tog‘ jinslari va minyerallarning o‘simlik yoki xayvonot 
organizmlari ta’sirida o‘zgarishi va parchalanishiga biologik nurash deyiladi. biologik 
nurash – tuproq paydo bo‘lishidagi nurashning asosiy formasidir, chunki, faqat fizik va 
kimyoviy nurash natijasida hech qanday tuproq paydo bo‘lishi mumkin emas.
minyerallar 
Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproq tarkibida bir qancha minyerallar uchraydi.
Hozirgi kunda 3 000 taga yaqin minyerallar ma’lum. Bu minyerallardan 50 ga yaqini 
ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular tog‘ jinslari tarkibida uchraydi, shuning uchun ular tog‘ jinslari hosil 
qiluvchi minyerallar deyiladi: Olmos-S, grafit-S, oltingugurt-S, galit-NaCl, silvin-KCl va 
kislorodli kislotalar tuzi hisoblangan karbonatlar: kalsit-CaCO
3
, dolomit- CaCO

MgCO
3
va 
boshqalar, ortoklaz-K
2
Al
2
Si
6
O
16
,fosforit-Ca
3
(PO
4
)
2
, natriy nitrat- NaNO
3
, kaliy nitrat - KNO
3

gips-CaSO
4
2H
2
O, qahrabo-C
40
H
64
O
4
, neft- C
n
H
2n
va boshqalar. 
Minyerallar kelib chiqishi, kimyoviy xususiyatlari, geografik tarqalishi, xalq 
xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab ham bir necha sinflarga bo‘linadi.Ko‘pchilik minyerallar 
tabiatda ayrim holda emas, balki har hil tog‘ jinslarining tarkibida uchraydi. SHuning uchun 
ham minyerallar tuproqning paydo bo‘lishi va uning fizik hamda kimyoviy xossalarining 
vujudga kelishida katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, tuproqni asosiy qismini (80-99%) minyerallar tashkil qiladi. Faqatgina 
organogen tuproqlarda bu nisbat boshqacha minyerallar 1-10 foizgacha bo‘lishi mumkin. 
Tuproq paydo bo‘lishiida ayniqsa tog‘ jinslari va minyerallarning nurash jarayoni juda 
katta ahamiyatga ega; chunki nurash mahsuloti keyinchalik davom etadigan geokimyoviy va 
biologik jarayonlar natijasida o‘zgarishidan yangi tabiiy jism – tuproqga aylanadi. 
O‘simliklarning vegitatsiyasi uchun zarur elementlarning tuproqda to‘planishi, 
shuningdek tuproq reaksiyasi va uning sho‘rlanishi ma’lum darajada ona jinsning kimyoviy 
tarkibiga bog‘liq.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin