57
Poyasi poxol, somon, xas bo‘lib ichi bo‘sh yoki g‘ovak parenxima bilan to‘la bo‘ladi.
Past bo‘yli donli o‘simliklar 6-7, baland poyali donli o‘simliklar esa 20-25 ta bo‘g‘im
oraliqlariga egadir. Poyaning balandligi o‘simlik turiga va naviga qarab xarxil bo‘ladi.
Bargi
. Sodda barg,
lentasimon shaklda, barg shapalog‘i va barg qinidan iborat; barg
qinini barg shapalog‘iga o‘tar yerida ikkita barg quloqchasi va
ichkarisida barg tilchasi
joylashgan. Barg qinini barg shapalog‘iga o‘tadigan joyida yupqa rangsiz parda xosil bo‘ladi,
u tilcha deb ataladi. Barg novining asosida uning ikkala tomonida mayda o‘siqchalar-
quloqchalar joylashgan, ular poyani o‘rab olib, barg novini unda tutib turadi.
Donli
o‘simliklarning tilchasi bilan quloqchalari xar xil tuzilgan va rivojlangan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkichlar birinchi gurux donli o‘simliklarda bir-biridan farq qilganligi bois muxim
sistematik belgi hisoblanadi. Barg tilchalari kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin. Barg
quloqchalari esa mayda, yirik, uzun yaxshi rivojlangan, ularda kiprikchalar bo‘lishi mumkin.
Gul to‘plami.
Donli o‘simliklarning gul to‘plami bug‘doy, arpa, javdarda boshoqsimon,
suli, jo‘xori, tariq, sholida supurgisimon, makkajo‘xorida esa gul to‘plam
ikki xil;
supurgisimon va so‘tasimon.
Dostları ilə paylaş: