Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi 
Xar xil sabablarga ko‘ra va birinchi navbatda ob-havo sharoitiga, agrotexnika darajasiga, 
tuproqqa, ekinning naviga qarab keskin o‘zgarib turadi. 
G‘alla ekinlari donining oziq-ovqatlik va oziqboplik ahamiyatini ifodalaydigan eng 
qimmatli qismi oqsildir. G‘alla ekinlari doni tarkibidagi oqsillar ekish xususiyatiga qarab 4 
gruppaga bo‘linadi: suvda yeridigan albumin; tuzlar yeritmasida yeriydigan globumin; ishqorda 
yeriydigan glyutenin va spirtda yeriydigan gliadin. Oziq-ovqatga ishlatiladigan don tarkibida 
kleykovinadan tarkib topgan gliadin va glyutenin ko‘proq ahamiyatga ega. Nonning sifati-xajmi 
va g‘ovakligi ana shu oqsillarning miqlori va nisbatiga bog‘liq. Gliadin va glyuteninning nisbati 
1:1 bo‘lishi eng yaxshi hisoblanadi Respublikamizda etishtirilayotgan baxorgi bug‘doy doni 
tarkibida oqsilning miqdori uning naviga qarab 18% gacha bo‘lishi mumkin. Kuzgi bug‘doyda 
esa oqsilning miqdori 13-14% ga etadi. Aminokislotalar oqsilning asosiy tarkibiy qismidir (20 
ta). Ularning 8 tasi ya’ni, lizin, triptog’an, metionin, valin, leysin, izoleysin, treonin va 
fenilalanin oziq-ovqat uchun eng zaruriylari hisoblanadi. Bularning zarurligi shundaki, ular 
organizmda sintezlanmaydi, shuning uchun organizmga faqat oziq bilan kirishi kyerak. 
Uglevodlar
don umumiy vaznining 60-80% ni tashkil etadi. Uglevodlar orasida kraxmal 
asosiy o‘rinni egallaydi. Uning miqdori donning markazidan qobig‘iga tomon kamayib boradi. 
Kraxmalning eng kam miqdori uning tashqi qismida bo‘ladi. Tuproq va iqlim sharoitiga 
bog‘liq xolda donda kraxmalning miqdori o‘zgarib turadi. 


59
Yog‘lar. 
Donli ekinlar urug‘ining tarkibida 2-6% yog‘ bo‘ladi. U urug‘ tarkibida bir 
tekis joylashmagan bo‘ladi. Urug‘ning murtak xujayralarida ko‘p miqdorda moy (bug‘doyda 
14%, javdar va arpada 12,4%, sulida 26% gacha, tariqda 20% gacha, makkajo‘xorida 40% 
gacha) bo‘ladi. Makkajo‘xori, suli va tariq doni yog‘ga eng boydir. Un va krupada yog‘ ko‘p 
bo‘lsa, ular taxir bo‘ladi. SHuning uchun makkajo‘xorini tortishdan oldin doni tarkibidagi 
murtak ajratib olinadi va ulardan oziq-ovqatga ishlatiladigan moy olinadi. 
Kletchatka
(sellyuloza) xujayra devorlari va don qobig‘ining asosini tashkil etadi. 
SHuning uchun po‘stli donda kletchatka ko‘p bo‘ladi. 
Kulelementlari
asosan donning po‘sti va meva qobig‘ida ko‘proq bo‘ladi. G‘alla 
ekinlari kulida 50% ga yaqin fosfor va 30% kaliy bo‘ladi, qolgan qismi Mg, Sa,natriy, 
oltingugurt, temir tuzlari va boshqalarga to‘g‘ri keladi. Don tarkibida kletchatka va kul qancha 
kam bo‘lsa, u shuncha yuqori baxolanadi. 
Vitaminlar
odam va xayvonlar organizmining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam byeradi. 
G‘alla ekinlari doni tarkibida A, V, V
2
, V
3
, S, D, E vitaminlar bor. Oziq-ovqat tarkibida ana shu 
vitaminlar bo‘lmasa yoki etishmasa organizmda moddalar almashinuvi buziladi va pavitaminoz 
kasalligi kelib chiqadi. 
Fyermentlar
zapas oziq moddalar murtak yaxshi o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishida katta 
rol o‘ynaydi. Uglevodlarni (kraxmal, shakarni) parchalaydigan diastaza, yog‘larni 
parchalaydigan lipaza, oqsilni o‘zlashtiradigan proteaza, oksidlovchi fyermentlar oksidaza, 
pyeroksidazalar asosiy fyermentlar hisoblanadi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin