O‘simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. O‘simliklarning kelib
chiqish markazlari.
O‘simlikshunoslik fani qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib madaniy
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Ana shu qonuniyatlar aosida
madaniy o‘simliklardan yuqori va sifatli xosil olish imkoniyatini byeradigan effektiv
agrotexnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi.
O‘simlikshunoslik fanining vazifasi-asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini rayonlashtirish
ularni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, biologik xususiyatlari, rivojlanishi va xosil to‘plash
qonuniyatlarinini o‘rganish, ekinlar xosildorligini oshiruvchi samarali metodlarni topishdan
iborat.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklari boshqa qurollar, mashinalar singari jamiyatni ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlanishida muxim rol o‘ynaydi. Masalan: qand lavlagini va moyli
53
o‘simliklarni paydo bo‘lishi bilan (XIX asrning 2 chi yarmida) Rossiyada qand va moy ishlab
chiqarish sanoati paydo bo‘la boshladi.
Insonlar o‘simliklarni etishtirib borish jarayonida turli sharoitlarga duch keladi.
O‘simliklarga kyerakli bo‘lgan hayotiy faktorlarni to‘la bo‘lishi uchun albatta atrof- muxit
sharoitini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Masalan: sho‘r tuproqlarni yuvish, kislotali tuproqlarni
esa oxaklash kyerak bo‘ladi va x.k.
O‘simliklarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun dala
ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish katta ahamiyatga ega.(tuproqni ishlash, o‘g‘itlar solish,
ekish, xosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish). Bu ishlarni kechiktirib bajarish xosilni kamayishga va
maxsulot sifatining buzilishiga olib keladi. Dala ekinlari agrotexnikasida yo‘l qo‘yilgan
xatolarni tuzatish qiyin yoki tuzatib bo‘lmaydi. SHuning uchun o‘simlikshunoslikda hamma
sharoitlar qat’iy hisobga olinadi.
O‘simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog‘langan, chunki ularga oziqa
maxsulotlari etkazib byeradi va ulardan o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan organik o‘g‘itlar oladi.
Ilmiy fan sifatida o‘simlikshunoslik fani faqat dala ekinlarini: donli ekinlar, dukkakli-don
ekinlari, ildizmevali ekinlar, tuganak mevali ekinlar, moyli ekinlar, narkotik ekinlar tolali
ekinlar va em-xashak o‘tlarini o‘rganadi.
Dunyo dexqonchiligida katta maydonlarga g‘alla ekinlari ekiladi-ular butun ekin
maydonini 70% ini egallaydi. G‘alla ekinlarining o‘rtacha xosildorligi 19,5 s ga ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda qadimdan bug‘doy, arpa, beda, tariq, jo‘xori va boshqa ekinlar ekib
kelinadi. Respublikamiz dexqonchiligida g‘o‘za 1,5 mln.gektar yerga, donli ekinlar
sug‘oriladigan yerlarda 1 mln., lalmikor yerlarda esa 300 ming ga yerga ekilmoqda.
Boshqa fanlar kabi o‘simlikshunoslik ham fan sifatida o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega.
Ilmiy ishlar dala, vegetatsion va laboratoriya usulida olib boriladi.
Dala uslubida ilmiy ishlar ilmgoxlarda, oliygoxlarda tajriba dalalari va maxsus ajratilgan
paykallarda olib boriladi.
Dala tajribasi agrotexnik usullarni ta’sirini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Masalan:
tuproqlarga ishlov byerish, o‘g‘it qo‘llash, ekish normasi va usullarini aniqlash, va boshqa
agrotexnik tadbirlarni o‘rganish kiradi. Bularan tashqari yangi navlarni sinab ko‘rish ham shular
qatoriga kiradi. Dala tajribasida yana o‘simliklarning biologik xususiyatlari ham tekshirib
ko‘riladi.
O‘rganilayotgan faktorlarning soniga qarab dala tajriba ishlari 2 ga bo‘linadi :
a) bir faktorli tajribalar.
b) ko‘p faktorli tajribalar.
Dala tajriba ishlariga laborotoriya-dala tajriba usuli ham kiradi. Bunda o‘tkazilayotgan tajribalar
kichik uchastkalarda o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish tajribasi ham dala tajriba usullaridan biri
hisoblanadi. Bunda katta maydonlarda yangi navlar yoki yangi agrotexnik usullar sinab
ko‘riladi. Ishlab chiqarish tajribasi ilmiy-tadqiqot ishlarining oxirgi etapi hisoblanadi.
Vegetatsion tajriba ishlari-bu usul o‘simlikshunoslikda biologik, fiziologik, agrokimyo
va boshqa masalalarni xal qilishda qo‘llaniladi. Bu usul yordamida ayrim omillarning ta’sirini
bevosita aniqlasa bo‘ladi. Masalan: o‘simliklarga minyeral moddalarni ta’sirini nishonlangan
atomlar yordamida aniqlash mumkin. Vegetatsion tajribalar maxsus xonalarda: masalan:
teplitsalarda, tuproq bilan to‘ldirilgan chelaklarda (sosud), yeritmalarda o‘simliklarni o‘stirish
yo‘li bilan o‘tkaziladi.
O‘simliklarga tashqi faktorlarning ta’sirini o‘rganishda maxsus sun’iy sharoitlar
yaratilgan xonalarda (fitotronlar) tajribalar olib boriladi. Bunda sharoit avtomatik ravishda
boshqarilib turiladi.
Laboratoriya usulida ilmiy ishlar maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.
Dala va vegetatsion tajribalarda olib borilgan ishlarga baxo byerish uchun ko‘pincha
tuproq unumdorligi va namligi, xosilning sifati va boshqalarni aniqlash kyerak bo‘ladi.
54
O‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligining asosiy va muxim tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
O‘simliklarni ekishdan maqsad ulardan inson uchun kyerakli oziq-ovqat maxsulotlari,
chorvachilik uchun em-xashak va sanoat uchun xom ashyo etishtirishdan iboratdir. Inson va
xayvonlar uchun kyerakli ozuqalarni asosiy qismini oqsillar tashkil etadi. Oqsillarni 80% i
o‘simliklardan, asosan don va dukkakli-don o‘simliklardan olinadi. Dunyoda ekiladigan
ekinlarning eng asosiy qismini ya’ni 70% ini donli ekinlar tashkil qiladi. G‘o‘za, kartoshka,
soya, zig‘ir va kanop ekinlari ham katta maydonlarda ekiladi.
O‘simliklardan yuqori xosil olishni ta’minlaydigan texnologiyalar eng avvalo
o‘simliklarning biologik xususiyatlariga asoslanadi. O‘simliklarning biologiyasi deb, o‘suv
davrida o‘simlikda bo‘ladigan o‘zgarishlar va rivojlanishi uchun talab qilinadigan sharoit
tushiniladi. O‘simlikni tashqi sharoitga talabi o‘rganilganda, bunda uning issiqlikka,
yorug‘likka, suvga, ozuqaga va tuproqqa bo‘lgan talabi hisobga olinadi. O‘simlik turlari
ma’lum bir tuproq va iqlim sharoitida shakllanadi va shu jarayonda o‘simlikda ma’lum biologik
xususiyatlar vujudga keladi. O‘simlikning biologiyasini aniqdash uchun shu turning
(genotipning) shakllanishiga ta’sir qilgan ekologik sharoitni o‘rganish zarur. SHuning uchun
uning kelib chiqish mintaqalarini bilish muxim ahamiyat kasb etadi. O‘simliklarning kelib
chiqish markazlari 1935 yili ilk bor ulug‘ rus olimi N.I.Vavilov tomonidan aniqlangan. Bu
ma’lumotlar keyinchalik boshqa olimlar tomonidan to‘ldirilib, xozirga qadar o‘simliklarni 12 ta
kelib chiqish markazlari aniqlangan :
1. Xitoy-YAponiya markazi-Xitioy, Koreya va YAponiyaning subtropik mintaqasi kiritilgan.
Bu mintaqadan soya, bug‘doy, tariq, marjumak kelib chiqqan.
2. Indoneziya, Janubiy Xitoy markazi-suli, shakar qamish, meva va sabzovot ekinlari kelib
chiqqan.
3. Avstraliya markazi-sholi, g‘o‘za, sebarga, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar kelib chiqqan.
4. Xindiston markazi-sholi, xind bug‘doyi, g‘o‘za turlari, shakarqamish, meva va sabzavot
ekinlari kelib chiqqan.
5. Markaziy Osiyo markazi-Tojikiston, O‘zbekiston, Afg‘oniston- bu mintaqa ko‘k no‘xat,
mosh, yasmiq, no‘xat, tolali nasha, maxsar, xashaki dukkaklar, g‘o‘za turlari, qovun, afg‘on
javdari va ko‘p yillik o‘simliklar vatanidir .
6. Old Osiyo markazi-Tog‘li Turkmaniston, Yeron, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Arab yarim
oroli - bu markazdan bug‘doy turlari, arpa, suli, javdar, ko‘k no‘xat, beda, zig‘ir, sabzavot va va
meva ekinlar kelib chiqqan.
7. O‘rta Yer dengizi markazi- Misr, Suriya, Falastin, Gretsiya, Italiya va O‘rta Yer dengizi
soxilida joylashgan davlatlar, bu suli, arpa, bo‘g‘doy turlari, zig‘ir, karam, lavlagi, sabzi,
sholg‘om, turp, piyoz, sarimsoq, ko‘knori, oq xantal kabi ekinlar vatanidir.
8. Afrika markazi-jo‘xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug‘doy turlari, moyli palma,
dukkakli ekinlar, kunjut, kofe va g‘o‘za turlari vatanidir.
9. Ovropa-Sibir markazi-tolali zig‘ir, duragay sebarga, beda turlari, kandir, xmel, meva va
sabzavot ekinlari.
10. Markaziy Amyerika- Meksika, Gvatemala, Gonduras, Panama -makkajo‘xori, loviya,
qovoq, ingichka tolali paxta, shirin kartoshka, maxorka, qalampir, ko‘p yillik o‘simliklar.
11. Janubiy Amyerika-madaniy kartoshka, tamaki, pamidor, ko‘p yillik arpa, makkajo‘xori
turlari.
12. SHimoliy Amyerika-arpa turlari, lyupin, kungaboqar, sabzavot va rezavor o‘simliklar.
Bu ekinlarning aksariyati dexqonchilikda 508 ming yildan byeri ekilmoqda va o‘z
vatanidan uzoq boshqa tuproq-iqlim sharoitiga moslaxib ketgan, evolyusiya davrida ko‘p
o‘simliklarning morfologik va biologik belgilari o‘zgargan.
O‘simliklarning kelib chiqish markazlarini bilish asosida ularning biologiyasini,
genetikasini va seleksiyasini tadqiqot qilib, shu o‘simliklardan yuqori xosil etishtirishni
boshqarish va yangi navlarni yaratish uchun yordam byeradi va yangi navlarni yaratishda
samaradorlikni oshiradi.
55
Dunyo bo‘yicha 1500 ga yaqin madaniy o‘simlik turlari ma’lum, ular o‘zining
morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bulardan 90 ga
yaqini dala o‘simliklari bo‘lib, ularning aloxida navlari o‘sishi va rivojlanishi, tashqi muxitga
bo‘lgan talabi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi
Bu o‘simliklarni o‘rganish uchun ular guruxlarga bo‘linadi. Dala ekinlarini tasnifi
ulardan olinadigan maxsulotni ishlatilish xaraktyeriga qarab tuziladi. Bu tasnif bo‘yicha dala
ekinlari quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1.Donli ekinlar-Bu ekinlar o‘zaro 3 ta biologik guruxlarga bo‘linadi. a) xaqiqiy don ekinlari
(bug‘doy, arpa, javdar, suli, tritikale), b) tariqsimon don ekinlari-(makkajo‘xori, jo‘xori, tariq,
sholi, marjumak), v) don-dukkakli ekinlar-(ko‘k no‘xat, maxalliy no‘xat, loviya, soya, yasmiq,
burchoq).
2.Tuganakmevali, ildizmevali va poliz ekinlar-bu gurux 3 ta biologik guruxlarga bo‘linadi: a)
tuganakmevali ekinlar-kartoshka, topinamur, batat, b) ildizmevali ekinlar-qand lavlagi, xashaki
lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg‘om, v) poliz ekinlari-qovun, tarvuz, qovoq.
3.Moyli ekinlar 2 ta biologik guruxga bo‘linadi : a) syeryog‘li o‘simliklar-kungaboqar, maxsar,
kunjut, yer-yong‘oq, moyli zig‘ir, raps, b) efirmoyli ekinlar-oq zira, qora zira, kashnich,
arpabodiyon.
4.Tolali ekinlar-bu gurux 3 ta biologik guruxga bo‘linadi: a) tola urug‘da rivojlanadi-g‘o‘za
turlari. b) tola poya po‘stlog‘ida rivojlanadi-kanop, jut, zig‘ir, rami. v) tola bargda rivojlanadi-
tolali banan, YAngi Zellandiya zig‘iri.
5.Narkotik o‘simliklar-tamaki va maxorka.
6.Em-xashak o‘tlar-bu gurux 4 ta biologik guruxlarga bo‘linadi : a) ko‘p yillik dukkakli o‘tlar-
beda, sebarga, bargak, qashqarbeda, b) ko‘p yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlar-mastak turlari, oqso‘xta,
yerkak o‘t, yaltirbosh, ajriqbosh, v) bir yillik dukkakli o‘tlar-shabdar, byersim, vika, g) bir yillik
qo‘ng‘irbosh o‘tlar-sudan o‘ti, qo‘noq, mastak.
Dostları ilə paylaş: |