51
vujudga kelgan. Demak, xar qanday o‘simlik turi o‘z tarixiy evolyusiyasida uni o‘rab olgan
tashqi muxit omillarini singdirib, asta-sekinlik va izchillik bilan sharoitga moslashadi. Uning
yosh avlodlari ham kelajakda o‘zining o‘sishi va rivojlanishida xuddi shunday sharoitni talab
etadi.
YUqorida bayon etilgan fikrlar paleontologik dalillar asosida to‘la tasdiqlandi va
tasdiqlanmoqda. Masalan, Paleozoy yerasining Silur davrida keng rivojlangan psilofitlar Devon
davrida sharoitning o‘zgarishidan yo‘qolib ketgan. Ular o‘rniga yangi sharoitga moslashgan
daraxtsimon paporotniklar, moxlar va zamburug‘lar rivojlangan.
Mezozoy yerasining Pyerm
davrida esa daraxtsimon paporotniklar o‘rniga ochiq urug‘li o‘simliklar, Qaynazoy yerasining
Neogen davrida xozirgi zamon yopiq urug‘li daraxtlar, butalar va o‘t o‘simliklar yer yuzini
egallab olgan. Oldingi davrlardan saqlanib qolgan va o‘zgargan sharoitga moslashgan o‘simlik
turlari kamdan-kam uchraydi.
Yer yuzidagi tirik mavjudotlarning rivojlanishida o‘simliklarning roli juda muximdir.
Xozirgi vaqtda oziq-ovqat va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan maxsulotlarni olish maqsadida
parvarish etiladigan o‘simliklarning turi ikki mingga borib qoladi. SHu jumladan, g‘alla, poliz
va mevali o‘simliklardan oziq sifatida foydalanilsa, g‘o‘za, zig‘ir, kanop va boshqa
o‘simliklardan olingan maxsulotlardan to‘qimachilikda, texnikada
va qurilish matyeriallari
sifatida xalq xo‘jaligining turli soxalarida keng foydalaniladi.
Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, xozirda ekilayotgan deyarli barcha madaniy
o‘simliklar bizning yeramizdan bir necha ming yillar ilgari xonakilashtirilgan. Bunday
o‘simliklar qatoriga bug‘doy, arpa, paxta, sholi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bizning
yeramizda esa dexqonchilikka lavlagi, kauchuk olinuvchi xeveya va dori darmon byeruvchi
xinin daraxti va boshqa o‘simliklar kiritildi. SHuni ham eslatib o‘tish kyerakki,
xozir inson
tomonidan foydalanib kelingan ba’zi bir madaniy o‘simliklarning, chunonchi, qovoq,
makkajo‘xori, kunjut, banan va boshqalarning qayerda, qanday qilib dexqonchilikka
kiritilganligi bizga noma’lum. Eng qizig‘i shundaki, ba’zi bir turlarga boy o‘simlik
turkumlaridan dexqonchilikka jami bo‘lib, bir yoki ikkita turi jalb etilgan. Jumladan, 200 turdan
tashkil topgan zig‘ir turkumidan dexqonchilikka bir tur, 70 turdan ziyodroq kungaboqardan
ikkita, 400 turdan oshiqroq batat yoki shirin kartoshka turkumidan
atigi bir turigina
xonakilashtirilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, ba’zi bir boshoqli g‘alla o‘simliklarini
xonakilashtirish jarayoni 15-20 ming yillar ilgari boshlangan. Qadimiy dexqonlar oziq-ovqat
uchun eng zarur hisoblangan donli (bug‘doy, arpa), keyinroq mevali, dorivor, tolali va boshqa
foydali o‘simliklarni eka boshlaganlar.
Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra Old Osiyo va O‘rta Osiyo, jumladan Turkmaniston
tyerritoriyasida bug‘doy yeramizdan 6000-7500 yillar, arpa 7500-8000 yillar ilgari ham ekib
kelingan ekan. Eng so‘nggi arxeologik ma’lumotlarga qaraganda,
qadimiy arpa doni Misrda
topilgan, uni bundan 17000 yillar ilgari Nil daryosi xavzasida etishtirilganligi aniqlangan.
Qadimiy odamlar tabiatdan yig‘ib olgan yoki o‘zlari etishtirgan donni xom xolida iste’mol
qilganlar keyinroq, dondan yorma, un qilishni o‘rganganlar. Birinchi non ham 15-16 ming yillar
ilgari qadimiy Misrda yopilgan.
Ma’lumki, o‘simliklikshunoslikning rivojlanishi dexqonchilik bilan bog‘liq xolda
kechadi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, dexqonchilik bir joyda paydo bo‘lmasdan Yer
yuzining bir qancha joylarida tashkil topgan. Fanning isbot qilishicha, eng qadimiy
dexqonchilik markazlari Suriya, Misr, Iroq, Turkiya, Pyeru, Meksika va O‘rta Osiyo
tyerritoriyalariga to‘g‘ri kelgan.
Inson tabiatdan kyerakli va foydali o‘simliklarni tanlab olgan va bir qancha asrlar
davomida sifatini yaxshilash uchun kurashgan. Natijada kyerakli o‘simlik
turlari va xillari
yaratilgan.
Rossiyada o‘simlikshunoslikning paydo bo‘lishi XVIII asrning oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu
fanning asoschilaridan biri M.V.Lomonosov (1711-1765) bo‘lib, u 1756 yilda o‘simliklarning
52
havodan oziqlanishi to‘g‘risidagi ilk fikrni ilgari suradi. Keyingi davrda o‘simlikshunoslik
fanining rivojlanishiga olimlardan I.I.Komov (1750-1792) va A.T.Bolotov (1738-1833) o‘z
xissalarini qo‘shganlar. Ular Rossiya agronomiyasiga asos solgan olimlardan hisoblanib, “Suv
nazariyasi” ni inkor etadilar, o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun organik hamda minyeral
elementlar zarur ekanligini o‘z tajribalari yordamida asoslab byeradilar.
Barcha agronomik fanlar kabi o‘simlikshunoslik fanining ravnaqi XIX asrning oxiri XX
asrning boshlariga to‘g‘ri keladi .Bu davrlarda olimlardan K.A.Timiryazev (1843-1920)
o‘zining ish faoliyatida fotosintez jarayoni uchta qonuniyat asosida davom etishini ko‘rsatib
byeradi; birinchidan, fotosintez jarayoni faqat xlorofill molekulalari tomonidan yutilgan nur
enyergiyasi hisobiga o‘tadi; ikkinchidan, fotosintez yutilgan nur enyergiyasi miqdoriga bog‘liq
va uchinchidan, o‘simlik bargiga tushgan yorug‘lik enyergiyasining 1-3% igina o‘simliklar
tomonidan o‘zlashtiriladi. K.A.Timiryazev fotosintez jarayonining kimyoviy tomonlarini
mukammal ishlab chiqdi. Xlorofill qizil va ko‘k-binafsha nurlarni yutganligini va fotosintez shu
nurlar enyergiyasi hisobiga sodir bo‘lishini ko‘rsatdi.
O‘simliklar uchun azot elementi qanchalik ahamiyatli ekanligini batafsil tekshirgan
D.N.Pryanishnikov (1865-1948) oqsilning birinchi sintezida va uning
parchalanishida ammiak
boshlang‘ich va oxirgi maxsulot ekanligini tasdiqladi. Oqsilning sintezlanishida aspargin va
glutamin
aminokislotalarining
ahamiyatini
ko‘rsatib
byerdi.
Uning
asosiy
ishlari
o‘simliklarning oziqlanishi va minyeral o‘g‘itlar qo‘llashga bag‘ishlangan.
O‘simlikshunoslikning rivojiga xissa qo‘shgan olimlardan N.I.Vavilov va uning
shogirdlari 1923-1940 yillar davomida jaxonninng 65 mamlakatiga 18 ta ekspeditsiya
uyushtirdilar va buning natijasida ular 250 mingdan ziyodroq o‘simlik namunalarini yig‘ib
keldilar. SHulardan 36 mingtasi bug‘doy, 10 mingdan ziyodrog‘i makkajo‘xori, 20 mingga
yaqini dukkakli don ekinlari, 23200 tasi em-xashak, 18
mingga yaqini sabzavot, 12600 dan
ziyodrog‘i mevali o‘simliklarga tegishlidir. Xozirda bu qimmatbaxo fond Sankt-Petyerburgdagi
N.I.Vavilov nomidagi o‘simlikshunoslik institutida saqlanmoqda. Mana shunday keng
miqyosdagi izlanishlar va to‘plagan matyeriallarni morfobiologik, geografik va genetik
tomonlaridan tekshirish natijasida N.I.Vavilov madaniy o‘simliklarni birlamchi va ikkilamchi
kelib chiqish markazlarini aniqlab byerdi.
Respublikamizda o‘simlikshunoslik fanining taraqqiyotiga xissa qo‘shgan o‘zbek
olimlaridan
akademik
A.I.Imomaliev,
M.V.
Muhammadjonov,
S.M.Miraxmedov,
M.A.Karimov, Q.Z.Zokirov va N.N.Nazirovlarni aloxida ta’kidlab o‘tish lozim.
O‘simlikshunoslik ham boshqa fanlar kabi botanika, o‘simliklar fiziologiyasi,
tuproqshunoslik,
dexqonchilik, agrokimyo, urug‘chilik, entomologiya, fitopatologiya,
mexanizatsiya va boshqa fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: