Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə63/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102

9.2. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi


Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar ko’rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga ham o’zining ta’sirini o’tkazadi.
Foydaning quyidagi turlari bor:

  1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda;

  2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda);

  3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;

  4. Favqulodda olingan foyda;

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tasniflanadi:

  • mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:

YaF = SST - IT
bunda,
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

  • asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

AFF = YaF - DX + BD - BZ,
bunda,
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
• xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD - MX,
bunda,
UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;

  • soliq to’lagungacha olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlarda ko’rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin