Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
181
* * *
Uch ko‘chish bir yong‘in bilan teng.
* * *
Dangasalik zangga o‘xshaydi. Narsalar ko‘p ishlash oqibatida emas, zangdan tezroq yemiriladi.
* * *
Men asta-sekinlik bilan
shunga ishonch hosil qildimki, insonlararo munosabatdagi samimiylik,
haqiqatgo‘ylik va haqqoniylik hayotiy baxtga erishishda katta ahamiyatga ega.
* * *
Tajriba — qimmatli maktab. Lekin ahmoqlar uchun shundan o‘zga maktab bo‘lmasa
nima qilish
kerak?
* * *
Agar sen aql-zakovatga quloq tutmasang, u albatta qasos oladi.
* * *
Navbatdagi istaklarni qondirishdan ko‘ra, birinchisini yengish osonroqdir.
* * *
Ishlatiladigan kalit doimo yaltillab turadi.
* * *
Shunday
odamlar borki, diniy e’tiqodga ega bo‘la turib, juda notavonlar. Ular bu e’tiqoddan ham
mahrum bo‘lsalar, nima qilarkinlar?
* * *
Biz uchun tabiat o‘z qonunlarini qanday qilib amalga oshirishini emas, balki shu qonunlarning o‘zini
bilish muhimdir. Ya’ni, havoga irg‘itilgan chinni idishning yerga tushib sinishini bilish foydali. Lekin: «U
qanday qilib yerga tushadi va nima uchun sinadi?» – degan savol ahmoqonadir. Albatta,
bu savolga
javob topish yoqimli. Ammo biz shusiz ham chinni idishni butun saqlab qola olamiz-ku!
Dostları ilə paylaş: