Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

27

narsa deb tushuntirgan, uni tilga olmaslikka, fitnachi ko‘zlarga qaramaslikka chaqirgan. Ammo oshiq 



oxiri bildiki, ishqdan — ilohiy fayzdan ajralish azobi ishq azobidan ko‘ra ham zo‘rroq, yo‘q-yo‘q, 

bugina emas, oshiqlik azobi huzur-halovatga eltuvchi, ruhiy kamolot sari yetaklovchi tozalanish, xalos 

bo‘lish azobi. Shuning uchun bu azob — saodat. Xullas, lirik qahramon g‘azalning oltinchi baytiga 

kelib, o‘z bayonnomasi («ahdi»)dan butunlay qaytadi, uning oldin aytgan gaplari o‘z-o‘zini sinash, 

yoxud allaqanday kinoyali usulda ishq olovining shuhratini mubolag‘ali qilib ifodalashday taassurot 

qoldiradi. Inkor zamiridagi tasdiq zohiriy tasdiqqa aylaiib, oshiqning o‘z imkonu e’tiqodida sobit 

ekanligi ma’lum bo‘ladi. Mana shundan keyin Navoiy quyidagi umumiy konteksga «yopishmaydigan» 

yettinchi baytni keltiradi:  



 

Zulm ila el joniga o‘t yoqma, ey kim shohsen.  

Gar desang do‘zax o‘tiga jonni mahrur etmayin. 

 

Oshiqona va orifona g‘azallarda, ko‘proq maqta’dan oldingi baytda biror o‘tit-nasihat qilish kam 



uchraydigai hodisa emas. Bunday holni Hofizu Sa’diy, Jomiy va Navoiyda tez-tez uchratamiz. 

«Do‘zax oloviga jonim kuymasin desang, ey shoh, zulm bilan xalq joniga o‘t yoqma». Buning oldingi 

baytlarga aloqadorlik joyi bormi? Bevosita emas, ammo bavosita bor. Ishqsizlik, ilohdan 

bexabarlikning o‘zi zulm, demak, bunday odam podsho bo‘lsa — el holiga voy, chunki ishqi yo‘q 

odam berahm, beshafqat bo‘ladi. Iloh ishqi, umuman ko‘ngilning muhabbatga moyilligi odamni adolat 

va insofga oshno etadi. Navoiyning bu qistirma iasihat bayti shundan dalolat beradiki, u lirik 

kechinmalar tasviri asnosida ham shohni adolatga chaqirish, zolimlarni jazolash, xalqni ulardan xalos 

etish g‘oyasini o‘tkazishni lozim topgan va buni zarur deb hisoblagan. Ishq, Iloh, Adolat tushunchalari 

Navoiy uchun bir-biri bilan zich aloqador. Uning katta-kichik barcha asarlariga bu g‘oya singdirilgan. 

G‘azalning maqta’i ham yettinchi bayt kabi umumiy mazmunga to‘gridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi, 

shuniigdek, u yettinchi baytiing o‘ziga ham unchalik yaqin emas. 

 

Garchi ma’zur o‘ldi ma’mur, ey Navoiy o‘zni men 

Do‘st ma’mur aylagan xizmatda ma’zur etmayin. 

 

Ma’mur so‘zining bir ma’nosi amr-farmon, ikkinchi ma’nosi obod, farovonlik. Ma’zur — uzrli, 



kechirilgai. Vu ikki so‘z baytda tajnis va tanosib san’atini yaratishga xizmat qilgan. Ya’ni: «Garchi 

ma’mur — ma’ruz (podsho amri vojib bo‘lganiday do‘st xohishi ham vojib) degan maqolga asosan, ey 

Navoiy, men o‘zimii do‘st amr aylagan xizmatdan chetga tortmayin». Yoki: «Uzrlarim ko‘payib ketdi, 

ey Navoiy, do‘st amr aylagan xizmatdan o‘zimni ma’mur tutmayin» va yana: «Garchi uzrxohlik 

ko‘payib ketgan bo‘lsa ham, ey Navoiy, men do‘st obod aylagan majlis xizmatidan bo‘yin 

tovlamayin». 

Bu uch izohimizda ham Navoiy baytining ma’nolaridan qaysidir tomoni aks etdi, biroq, nazarimda, 

ikkinchi ko‘rinish haqiqatga xiyla yaqin, chunki u g‘azalning umumiy mazmunini yakunlay oladi. 

Maqta’dan boshlab davom etgan «ahd»larini shoir uzrxohlik deb aytadi, ya’ni uzrim juda ko‘payib 

ketdi, kel, gapni qisqa qilib, Do‘st amr etgan xizmatni uzr aytmasdan bajarayin, deydi u. Oshiq uchul 

do‘stning xizmatidan sharafli ish yo‘q, u doim bunga tayyor turishi kerak. Ulug‘ shoiriish maslagi shu 

edi. 


 


Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin