LXXXVIII
1. Bu bobda Alisher Navoiy o‘z ukasi Darveshaliga nasihat qiladi. Darveshalining tug‘ilgan va
vafot yili noma’lum. Darveshali Balx hokimi, Navoiyning vazirlik vaqtida uning kitobdori bo‘lgan.
Unga 1482 yilda amirlik unvoni berilgan. U Ibrohim Husayn (Husayn Boyqaroning hali voyaga
yetmagan o‘g‘li) nomidan Balxni idora qiladi. Majididdinning Navoiyga qarshi harakatlaridan norozi
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
498
bo‘lib, 1490 yili Hisor hokimi Sulton Mahmud bilan birgalikda Sulton Husaynga qarshi bosh ko‘taradi.
Husayn Boyqaro uni zindonga soladi. U 1494 yili Makkaga borishga ruxsat oladi. Qaytib kelgach
(1498), devoni oliyga xizmatga tayinlanadi. Navoiy vafotidan keyin Balxga ketadi. Shayboniy
xizmatida bo‘ladi. Shayboniy vafotidan (1510) keyin Zahiriddin Muhammad Bobur xizmatiga o‘tadi.
Uning 1511 yildan keyingi taqdiri noma’lum.
LXXXIX
1. Bu bayt ruju’ (qaytish so‘zidan) san’atiga yorqin dalil bo‘lib, shoir unda avval panja, xora (tosh)
kabi obrazli iboralarni ishlatib, so‘ng undan qaytadi va po‘lodi yakpora, deydi.
2. Ikki baytniig mazmuni: «Zo‘rlar qatoriga kiraman deb, panjaga qo‘l urish bilan, u papjadan o‘z
panjasiga ko‘p shikastlar yetkazgan kimsalar xam bo‘lgan, Haddan ortiq zo‘r berib kuchayishlari
natijasida ularning bilaklari tirsaklaridan chiqib ham ketgan».
3. «Paij ganj»— Nizomny Gapjaviy: «Xamsa»sining nomi.
4. Par—shoirning ustozi Abdurahmon Jomiy.
5. «Har bir ochilmagan qulfni ochishda buyuk kishilarning duosi kalid bo‘la oladi».
6. Azmi haram qilmok—Makkaga (hajga) bormoq.
7. Tasdir san’ati (bayt niyoz suzi bilan boshlanib, o‘sha so‘z bilan tugagan)dan foydalanib
yaratilgan bu baytning mazmuni: «Orzu-istagi bor kishilar kirsin!» degan so‘z eshitildi, buni eshitgach,
umid bilan kirdim».
8. To‘rt baytning mazmuni: «U kishining joyi xilvat emas, yuksak ostonani eslatar, o‘zlari esa,
xilvatda — yolg‘iz o‘tiruvchiga emas, Jabroil farishtaga o‘xshar edilar. Uni [Jabroilni] muqaddas nur
ravshan aylagan, ya’ni u nurdan yaratilgan bo‘lsa, buning [Jomiyning] so‘zlaridan muqaddas sirlar
ayon bo‘lar edi. Jabroilni eslatadigan darajada to‘liq aql egasidir. Men shunday bir haramga mahram
bo‘ldimki, yo‘q u haram emas, yorug‘lik va poklik olami edi».
9. Olti baytning mazmuni «Ularning bu yozganlari yuzaga chiqqanda, siyoh bilan yozilgan bu kabi
qora-qura narsalarning olamda bo‘lishiga hayratlanasan. Ularning yozganini kim o‘qisa, xuddi
qorong‘i kechada qolgandek mashaqqatga tushadi. U shunday zulmatki, odam ichay desa, obi hayot
yo‘q, u shunday tunki, unda oftob nuridan nishona ham ko‘rinmaydi. Unday shoirlar dunyoga eng
muattar mushk sepdik, deb maqtanganlaridan ham mushklari ko‘ngilni qora va ko‘zni xira qiladi,
xolos. Lekin bu o‘rmonda ikkita mard sher [Nizomiy bilan Xusrav] bor bu dengiz ichida ikkita botir
nahang [Nizomiy va Xusrav] bo‘lib, bu o‘rmonga kirish uchun xuddi o‘shanday jangovar sheru, bu
dengizga tushish uchun o‘shanday dilovar nahang bo‘lmoq kerak».
10. Qo‘shtiroq ichiga olingan nomlar Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi besh doston: «Hayrzgul-
abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy»dir.
11. Savodin juzvdon aro solmoq — qoralamasini kitobga mo‘ljallangan xaltaga solmoq.
12. Aning sari — Jomiy sari, demak.
13. Ikki baytning mazmuni: «Bundan keyin, o‘z so‘zlari bilan ajam va arabni olgan, asli nasabi turk
bo‘lgani holda «hindiy» laqabi bilan nom chiqazgan Xusrav bo‘lsa, ko‘p afsonalarni qisqartirib, bu
mustahkam qo‘rg‘onni qo‘lga kiritdi».
14. Bu ra’noga suratamoy bo‘lmoq—bu go‘zalning suratini namoyon qila olmoq, ya’ni «Xamsa»
yozish ishini tugallamoq, demakdir.
15. «Kanap daraxtining shoxi xas-xashakcha bo‘lmasa ham, qalandarga barvasta sarv daraxtiday
ko‘rinadi» (kanap ipidan to‘nlik mata to‘qiladi).
16. Piri koshif — Jomiy ko‘zda tutilmoqda.
17. Piri ravshanzamir — Jomiyga nisbatan ishlatilgan.
18. «Asarim bir kema kabi ma’rifat daryosi [Jomiy] tomon yo‘nalgach, ulug‘ dars (Jomiy) o‘z
muborak qo‘lini bu daftarlarga uzatdi»,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |