www.ziyouz.com kutubxonasi
492
8. Bu so‘z boshqa hamma oldingi nashrlarda «solib» tarzida berilgan.
9. Mulki Gajrot — G‘arbiy Hindistonda Arabiston dengizi sohilidagi joyning nomi.
10. Ikki baytning mazmuni: «U dashtni itga o‘xshash jonivorlar tutib ketgan bo‘lib, bu maxluqlar
ko‘rinishda xuddi chumolini eslatar edilar. Hammasining oyoq-qo‘llari chumoliniki singari bo‘lishiga
qaramay, lekin ular yirtqich sherdan zo‘r edilar».
11. «Ollohu taoloning qudrati shunday ulug‘ki, uning qudrati oldida har qanday aql, bilim va
kamolot egasi ojizdir».
12. Bu so‘z barcha nashrlarda «vu» deb berilgan.
LXI 1. Basirat ko‘zi—aql-idrok ko‘zi, tafakkur ko‘zi, qalb ko‘zi va ibrat ko‘zi, demakdir.
2. Osmonning to‘qqiz qavat dasturxonida yuz tuman noz-ne’mat bo‘lgani bilan (qo‘l yetmagach)
undan ne foyda?»
3. Uch baytning mazmuni: «Boshlab, men odam vujudiy timsolini sharhlab beray, so‘ngra, uning
ma’naviy ahvolini bayon aylay. Bu timsol deganim — saxiy dengizning duri, yo‘q, dengiz duri emas,
inson vujudi bog‘ining sarv daraxtidir. Odamning boshida shohlik toji bor bo‘lib, bu toj ustida
qimmatbaho la’l o‘rnatilgan».
LXIV 1. Baytdagi «mashriqin» so‘zi Abdujamil va Toshkent nusxalarida hamda nashr (1960) nusxasida
ham «mag‘ribin» shaklida xato berilgan. Bayt mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu yerda so‘z
quyosh haqida, uning Mashriq (Sharq, kunchiqar)dan yuz ochib ko‘tarilishi haqida ketyapti. Baytdagi
«shah» so‘zi Iskandarga emas, balki osmon shohi — quyoshga taalluqlidir. Bayt mazmuni: Tong o‘z
alvon bayrog‘ini ko‘tarib yorisha boshladi, Mashriq shohi — Quyosh jamol ko‘rsata boshladi.
2. Mazmuni: «Yana saf tortgan jangchilarning na’ralari yangrab, jang nog‘aralarining sadosi yeru
ko‘kni chok-chok qila boshladi».
3. «Bularning ko‘zi ko‘k, soqoli sariq, yuzi qora bo‘lgani holda, hammasining peshonasida shoxi
bor edi».
4. Bu baytda o‘xshatish — Karkadan (Iskandar pahlavonlaridan biri)ni filga monand etish bilan
birga, unda tajnis (karkdan—karktan) san’ati ham ishlatilgan.
5. Ra’d — Karkadanning laqabi.
6. Ikki baytning mazmuni: «Nihoyat, vahshiydan tug‘ilgan qaysar pahlavon bir hamla qilib, uning
bo‘yniga changakli xodani soldi. Changak mahkam o‘rnashgach, xuddi qarmoq bilan baliq tutgandek
uni tortib yerga urdi».
7. Qahqar — Iskandar pahlavonlaridan birining laqabi.
8. «O‘z kishilariga, «urush qil» deb qatiy buyurolmasdi, chunki harif g‘oyat zo‘r edi».
9. Ikki baytning mazmuni: «Bu go‘zal, husnda xurshidi tobonning xuddi o‘zi, yana Zuhra
yulduzidek xushovoz san’atkordir. Bu sifatlari bir tarafda tursin, jang maydonida bunga bas keladigan
jangchi topilmas».
10. Chin xoqoni Iskandarga tortiq etgan qiz g‘oyatda go‘zal bo‘lgan. Nizomiy dostonida
tasvirlanishicha, u (qiz) vahshiylarga asir tushadi va uni Iskandar odamlari ozod etadilar hamda
Iskandar unga uylanadi. Navoiyda tasvirlangan bu obraz o‘zining sadoqati, epchilligi, qisqasi, mislsiz
jasorati bilan Iskandarni lol qoldiradi. Biroq Iskandar unga uylanmaydi.
11. «Qilingan bu shafqatu marhamatlar uning bo‘yniga qullik sirtmog‘ini soldi».
12. «Qachon vaslga erishuv nasib bo‘lsa, shu damni kutib, bir damgina bo‘lsa ham uni g‘animat
bil!».