www.ziyouz.com kutubxonasi
495
edi».
7. Bihil o‘ldiklar—(bundagi o‘ldik— o‘lsin ma’nosida) kechirsinlar, demak.
8. Qo‘shgirnoq orasidagn Iskandar so‘zining mazmuni: «Sizlar ushbu joyda turnig, bu yerda to‘rt
yil meni kuting. Rumdan kuchsizlik va boshog‘rig‘ni qaytaruvchi narsalar oldiring. Men safarga chiqib
va’dam bo‘yicha qaytib ketsam, o‘sha dorivor narsalar menga kuch-quvvat bag‘ishlashda ilon bo‘lar.
Hijrondan qutilib, bir-birimiz bilan ko‘rishib farog‘at bilan Rumga qaytarmiz. Agar bordiyu, falak
zulm ko‘rsatib, boshqacha o‘yin oshkor etib, meni dengizga g‘arq qilsa, bu ajdahoni nahang yutib
yuborsa, bu bilan va’da vaqti o‘tib ketsa, maqsadingiz hosil bo‘lmay, noumid qolsangiz, haqqimizga
duoyi fotiha yo‘llab, bizni kechirib, o‘z yo‘lingizga ravona bo‘ling».
9. «Kemachilik ilmida barcha kemachidek, dengizga sho‘ng‘ishda xuddi timsohdek».
10. «Xuddi osmon yulduzlari kabi dengiz yulduzlari ham ko‘zdan yo‘qolishdi».
11. «Girdob emas, tagsiz chuqur choh bo‘lib, quyosh yusufini garq qilar darajada». Bu yerda
«Yusuf va Zulayho» qissasidagi Yusufni chohga tashlash voqeasi eslatilmoqda.
12. Kemaga dengiz to‘lqinlarning kelib urilishini tol bargiga quyun shamolining urilishiga
o‘xshatilmoqda.
13. «Ularning hammasi (kemadagilar — T. A.) o‘zini oldirgan bo‘lib, faqat Iskandargina o‘zini
tetik sezardi».
14. Uch baytning mazmuni: «Siz endi xursandchilik bilal shu yerda turing. Men hammangiz bilan
xayr-xo‘shlashaman. Dengiz qa’riga tushishni havas qilgan edim, hozirgi soatda shu niyatimga yetib
turibman. Orzu qilgan murodim ushaladigan bo‘ldi, so‘z tagiga tushib, u yerdagi hayotni tomosha
qilayin».
15. Xusrav — Amir Xusrav Dehlaviyga ishora. Navoiy bu baytda Iskandarning dengiz sayohati
haqida turlicha bir-biriga qarama-qarshi rivoyatlar borligi hamda unga Xusrav Dehlaviy alohida e’tibor
berganligini ta’kidlamoqda. Navoiy ham o‘z dostonining shu parchasida Dehlaviyga yaqin tasvirlar
beradi. Biroq ular o‘rtasida farq ham bor. Bu farq avvalo, Dehlaziyda Iskandarning dengiz safaridan
orqaga qaytishi juda qisqa muddatni tashkil etganidan iborat bo‘lsa, Navoiyda bu vaqt bir yilni tashkil
etadi. Ikkinchidan, Navoiyning dengiz sayohati manzarasining tasviri, jonli, ancha realistik
bo‘yoqlarga ega. Bu ayniqsa safar davrida, Iskandarning ozib ketgani, kasal bo‘lishini bayon etuvchi
manzaralarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
16. Olti baytning mazmuni: «Bundan boshqa ham rivoyat borki, bu rivoyat beruvchi roviy (qissa
aytuvchi—A. G.)lar qoshida maqbuldir. Menga ham shu keyningisi ma’qul bo‘lgani tufayli, uni aytish
foydadan holi emas deb bilurman. Bu shundan iboratki, tarixlarni naql qiluvchi kishilar, Iskandarni
ham valiy, ham nabiy (payg‘ambar) bo‘lgan deb aytadilar. Bu keyingi xabarga ko‘ra, murod-
maqsadiga yetish yo‘lida yurgan Iskandarning ravshan dili okean ichida qattiq riyozat va zahmat
chekkani sababli, yanada pokizalanib ketgan».