Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
494
13. Saddi Iskandariy — Iskandar to‘sig‘i, Iskandar devoriga ishora. 
14. Uch baytning mazmuni: «Sadning tepasiga yana qal’alarning singari qubba va kungiralar ham 
yasab, ular temir bilan mustahkamlandi. U yerga posbonlar uchun ham ikkita joy qilindi va dushmanni 
toshbo‘ron qilish uchun yuqoriga ko‘p toshlar yig‘ildi. Sadni muhofaza qilib qo‘riqlab turish uchun 
ham bir necha yuz kishi tayinlandi». 
LXXII 
1. «To‘rtinchi osmonni quyosh jilvalantirgan ekan, uning bundan faxrlanishiga ajablanishning o‘rni 
bormi?» 
2. «O‘simliklar, kondan chiqadigan ma’danlar va jonvorlarni, qiziq shakl va ajoyib ko‘rinishli 
maxluqlarni...». 
3. «Sohillarda g‘aroyibotlar ko‘p bo‘lgani kabi, orollarda ham ajoyibotlar benihoya ekanini 
aytadilar. Unday qiziq narsalar dengizlarda qanchalik ko‘p bo‘lsa, okeanlarda behaddi-hisob emishlar». 
4. Bu bayt Alisher Navoiyning «Asarlar»i X tomida boshqa joyda berilgan. 
5. «Agar shoh mashvarat — majlisda qattiqqo‘llik qilar ekan, uning sitamini chekmaslikning iloji 
bormi?» 
6. «Ko‘p ish borki» nafs u ishda o‘jarlik qilsa lekin (u) o‘sha yo‘lovchi yordami bilan hal bo‘ladi».. 
7. «Yana ikki yuztasida tuyalar va otlar bo‘lib, qirg‘oqqa chiqqanda kerak bo‘lmshi ko‘zda tutilgan 
edi». 
8. «Qazo mening boshimga bu safarni soldi, kishi taqdir hukmidan qayga qochishi mumkin?» 
9. Uch baytningg mazmuni: «G‘umg‘uch kemalar qo‘zg‘olgach, teran daryo hayqirib, to‘lqinlanib 
ketdi. Bu kemalardan suv yuzida ulug‘ shahar tuzildi, harakatidan esa go‘yo o‘zga bir olam paydo 
buldi. Kemalar qorasi bulut ko‘m-ko‘k osmonni qoplagandek, chuqur daryo yuzini qoplab oldi». 
10. «Ey mug‘anniy! Mungli bir kuy chal, sozingga xazin bir qo‘shiqni ham jo‘r ayla». 
11. Hubob uyi — suv yuzida paydo bo‘lib yo‘qoladigan pufakcha ma’nosida. 
LXXIII 
1. Suqrot, Sokrat (mil. av. 470 (469.)—Afina—399)—qadimgi yunon faylasufi. Suqrotning hayoti 
va ta’limoti haqidagi muhim ma’lumotlar shogirdlari —Ksenofont va Platon asarlari orqali yetib 
kelgan. Suqrot demokratiyaga dushmanlikda asossiz ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingach, o‘zi 
zahar ichib o‘lgan. 
LXXVI 
1. Hakimi ilohiy — Suqrot hakim ma’nosida. 
2. (Suqrot) «yo‘ldagi ishlarni nazorat qilib borsa, uning ishiga Ilyos (dengizlar piri) qo‘riqchilik 
qilar edi». 
3. Uch baytning mazmuni: «U (Suqrot—T. A.) kemalarni xuddi qushdek uchirib, suv sayri—
safarini boshlab yubordi. Bular tushgan suv Farang va Rum dengizi bo‘lib, unig ahvol-vaziyati 
hanuzgacha hech kimga ma’lum emas edi. Shoh askar va sipohlari bilan u yerdagi orollarni fath egish 
ishiga kirishib ketdi». 
4. «Dengizda tekshirib o‘rganilgan va o‘lchangan joylar haqida yozilgan qog‘ozlarni» demoqchi. 
5. Varaq-varaq qog‘ozlar bilan to‘lgan u kema qayiq singari kichkina emas. nihoyatda cho‘ng-katta 
kema edi». 
6. Ikki bayt mazmuni: «Suvda yurishda qilingan bu ishlar ikkinchi darajadagi ishlar bo‘lib, mening 
uchun asosiy ish buki, hozirgacha dengiz doirasini aylandimu, endi dengiz markazini ham aniqlasam 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin