159
G R A M M A T I K A
SO‘Z YOKI GAPGA QO‘SHIMCHA MA’NO BERUVCHI
YORDAMCHI SO‘ZLAR
(Yuklamalar va modal so‘zlar)
Yuklamalar so‘z yoki butun bir gapga qo‘shimcha ma’no beruvchi so‘z
va qo‘shimchalardir. Yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1)
so‘z yuklamalar: faqat, axir, hatto, ham;
2)
qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar: -ku, -mi, -chi, -a-, -ya, -u, -yu
!
Ba’zi so‘zlar yuklama vazifasini bajaradi. Masalan,
yolg‘iz.
Hamma
keldi,
yolg‘iz
sen kelmading.– Hamma keldi,
faqat
sen kelmading.
Eslab qoling:
Yuklamalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
So‘roq va taajjub
:
mi, -chi, -a, -ya.
Savol va hayratlanish ma’nolarini
bildiradi;
Sen ham borasanmi? Men-chi? Bu ishni bir o‘zing qilding-a? Seni
tanlashdimi? Seni-ya?
Dostları ilə paylaş: