Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
1-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga -di, -ar/-r+ edi, – moqchi edi, -gan, -r(-ar) 
ekan kabi zamon qo‘shimchalarini hamda shaxs-son qo‘shimchalarini 
qo‘ying. 
1. Men Toshkentda bankda ishla... 2. Do‘stim Samarqand haqida 
eshitgan bo‘lsa ham, bu shaharni ko‘rma... 3. Koreyadagi do‘stim men bilan 
O‘zbekistonga kel...., lekin uning rejasi o‘zgardi va O‘zbekistonga kelmadi. 
4. Dekan aytdi, darsdan keyin hammamiz faollar zaliga bor…5.Siz bu uyga 
yaqinda ko‘ch...mi? Oldin qayerda yasha... 6. Qiz menga ko‘p qavatli binoni 
ko‘rsatdi: u shu binoning 4-qavatida yasha…7. Sinoptiklar bergan 
ma’lumotga ko‘ra, ertaga yomg‘ir yog‘… 8. Kecha universitetga borma..., 
meni dekan so‘ra...
 2-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga o‘tgan zamon shaklining mos 
qo‘shimchasini qo‘yib, ularning ma’no farqlarini tushuntirib bering. 
1.Kecha o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni bizdan so‘ra

2. Oldin undan 
so‘ra…sizmi? 3. Biz bu filmni oldin ham ko‘r…dik. 4. Ikki yil oldin men 
ularnikiga bor…. 5. Ilgarilari sizni hech ko‘r….. 6. Kecha meni boshlig‘im 


44
so‘ra…, men yo‘q edim. 7. Oldinlari sizni har doim shu vaqtda bekatda 
ko‘r… 8. Kechirasiz, siz kecha meni so‘ra…… (menga aytishdi). 9. Xonaga 
kirganimda, u o‘qituvchidan javob so‘r…. 10. O‘qituvchining aytishicha, u 
ertaga bu mavzuni hammadan so‘r...
 
3-mashq.
 Matnni o‘qib, sarlavha qo‘ying. Lug‘at yordamida tarjima 
qiling. Matnni birovdan eshitgan hikoya sifatida so‘zlab bering.
Temurbek o‘z xotiralarida yoshlik yillarida boshidan kechirgan 
voqealarni hikoya qilar ekan, siz buni nasrda yozilgan qahramonlik 
dostonidek ta’sirlanib o‘qiysiz. Amir Temur yigirma olti yoshida, ya’ni 1362 
– yili Samarqandda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash bayrog‘ini ko‘tarib 
chiqqanda, hali ko‘pchilik odamlar xalq ozodlik harakatiga tayyor emas edi. 
Shafqatsiz mo‘gul qo‘shinlariga qarshi jang maydoniga chiquvchilar juda 
kam edi. Amir Temur oltmish yigiti bilan Tug‘luq Temurxonning o‘ttiz ming 
kishilik lashkariga bas kelolmasligini sezib, tog‘larda yashirinib yuradi, keyin 
Xorazmga borib panoh topmoqchi bo‘ladi. Ammo mo‘g‘ul xoni Amir 
Temurni o‘ldirganlarga yoki tirik tutib berganlarga katta mukofotlar va’da 
qilgan edi
.
Shu mukofotdan umidvor bo‘lgan xivalik Tavakkal degan bek 
Qoraqum sahrosida Amir Temurga qarshi ming kishilik qo‘shin bilan jang 
qiladi. Bu jangda Amir Temur qahramonlik ko‘rsatib, ko‘p sonli g‘animni 
(dushmanni) yengadi. Lekin uning o‘ntagina odami tirik qoladi. Shulardan 
yettitasi otliq. Qolgan otlar ham jang maydonida halok bo‘lgan. 
Amir Temurning yoshgina rafiqasi O‘ljay Turkon ham safarda birga 
ekan. Amir Temur otiga rafiqasini mindirib, o‘zi piyoda qum barxanlarni 
oshib janubga – Xuroson tomonga yo‘l oladi. 
Moxon degan joyda, qadimgi Marv shahri yaqinida ularni Alibek 
Jonqurboniy degan bir hokim o‘z navkarlariga tuttirib, burgaxona bo‘lgan 
uyga qamab qo‘yadi. Amir Temur bunday adolatsizlikka ko‘nikib bo‘yin 
egadigan odam emas edi. 
“Tutqunlikdan qutulish chorasini izlab, o‘z-o‘zim bilan kengashdim, – 
deyiladi “Temur tuzuklari”da. – Tangrining inoyati bilan, bahodirligim tutdi. 
Bor kuchim va chapdastligimni ishga solib, soqchilardan birining qo‘lidagi 
qilichini tortib oldim. Soqchilarga hamla qilgan edim, barisi qo‘rqib qochdi. 
Qilich ko‘targancha to‘g‘ri Alibekning ustiga bostirib bordim. Qilich 
tutganimni (ushlaganimni) ko‘rib qo‘rqdi. Qilgan nomunosib ishidan 
pushaymon bo‘lib, mendan uzr so‘radi”. 
(Pirimqul Qodirovdan) 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin