yashar edim ( fe’ldan keyin). Kecha havo sovuq edi ( sifatdan keyin).
Ed i fe’l
bo‘lmagan so‘z (ot kesim) ning zamonini bildiradi;
ekan shakli o‘zgalardan eshitganlik yoki xabar topish, bilib olish
ma’nosini bildiradi:
Havo sovuq ekan. Ertaga seminar bo‘lar ekan. Kutubxonada bu kitob yo‘q ekan; emish taxmin, o‘zgalarning fikrini bildiradi:
Bu yil yoz issiq bo‘lar emish. Emas shakli bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: Havo sovuq
emas. Emas
shaklidan keyin
edi, ekan to‘liqsiz fe’llari qo‘llanishi mumkin: Kecha havo
sovuq
emas edi.
43
3. O‘tgan zamon hikoya fe’li. Nutqdan oldin ro‘y bergan harakatni hikoya qilib berish yo‘li bilan
ifodalaydi. Bunday shakl odatda boshqa bir shaxsdan eshitilgan harakat
haqidagi xabarni bildiradi.
Bo‘lishli shakli:
Fe’l +-b,-ib + -man, -san, -di, -miz, -siz, -di(lar) Bo‘lishsiz shakli:
Fe’l +-mab + -man, -san, -di, -miz, -siz, -di(lar) 4. O‘tgan zamon davom fe’li. Nutqdan oldin ro‘y berib, ma’lum muddat davom etib turgan harakatni
bildiradi:
Bo‘lishli shakli:
Fe’l +-r,-ar edi+-m, -ng, -k, -ngiz, -lar Bo‘lishsiz shakli:
Fe’l +-mas edi+-m, -ng, -k, -ngiz, -lar 5. O‘tgan zamon maqsad fe’li. Nutqdan oldin maqsad qilib qo‘yilgan harakatni bildiradi.
Bo‘lishli shakli:
Fe’l + -moqchi edi+-m, -ng, -k, -ngiz, -lar Bo‘lishsiz shakli:
Fe’l + -moqchi emas +edi+-m, -ng, -k, -ngiz, -lar
Grammatika bo‘yicha mashqlar