jumladan, Eron, Kichik Osiyo, Shimoliy Hindiston, Kavkazorti, Sharqiy
Dashti Qipchoq va boshqa joylarni
egallab oladi. Amir Temur davlatining
poytaxti Samarqand shahri edi. Temuriylar davrida fan va madaniyat gullab-
yashnagan.
Matn bo‘yicha topshiriqlar I. Savollarga javob bering: 1.
O‘zbekiston Respublikasi nechta davlat bilan chegaradosh?
2.
O‘zbekistonning Lixtenshteyn davlati bilan qanday o‘xshashlik jihati
bor?
3.
Makedonskiy qachon Baqtriyani bosib olgan?
4.
VI-VII asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududida kim hukmronlik
qilgan?
5.
Amir Temurga qadar O‘zbekiston hududi qaysi davlat tarkibiga
kirgan?
II. Ajratilgan so‘zlarning sinonimlarini toping. III. Matnning har bir abzasiga qo‘shimcha ma’lumot tayyorlab, daftaringizga yozing. IV. “XIV asrda davlat tepasiga Amir Temur (Temurlang) keladi. Amir Temur o‘z davlatining hududini ancha kengaytiradi “. Ushbu gapda fe’l zamonining qo‘llanishini tushuntirib bering. V. “Temuriylar davrida fan va madaniyat gullab-yashnagan” (gullab yashnagan edi, gullab-yashnagan ekan); “Xorazm va Baqtriya davlati shu davrda vujudga kelgan.” (vujudga kelgan va vujudga keldi) fe’l shakllarining ma’no farqi bormi? VI. Matndan quyida berilgan so‘zlarning ma’nosiga yaqin so‘zlarni