Kuchaytiruv-ta’kid
:
ham, hatto, axir, nahotki, -ku, -da,– u, -yu, -oq, -
yoq.
Fikrni kuchaytirib ifodalaydi, so‘zni ta’kidlaydi:
Axir eng yaqin
dostimsan! Senga ishonaman-da.Yetib borishing bilanoq, bizga xabar qil.
Yakshanba kuni ham ishladik.
Ayiruv-chegaralov:
faqat,-gina,-kina (k
tovushidan so‘ng
), -qina (q
tovushidan so‘ng
).
Bu yuklamalar o‘zi bog‘langan so‘zni boshqalaridan
ajratib ifodalaydi:
Faqat sizga ishonaman. Zuhragina meni qo‘llab-
quvvatladi.
O‘xshatish-qiyoslash:
xuddi, go‘yo
.
So‘zga o‘xshatish, qiyos
ma’nolarini beradi:
Bu bola xuddi otasining o‘zi.
Gumon:-dir.
So‘zga noaniqlik, gumon, taxmin ma’nolarini beradi:
Balki u uyda emasdir.
a) -
mi, – gina, -oq, -yoq, -dir
yuklamalari so‘zga qo‘shib yoziladi; b) –
chi, -ku, -u, yu, -da, -a,-ya
yuklamalari chiziqcha bilan ajratib yoziladi; d)
faqat, ham, axir, hatto
alohida yoziladi.
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar
1-mashq.
Nuqtalar o‘rniga kerakli undovlarni va yuklamalarni
qo‘ying:
-gina, hatto, ham, axir, -oq, faqat,-dir, -a, -ku;
1. …nega darsga kelding, kasalsan-ku! 2. Yetib borishing bilan… menga
darrov qo‘ng‘iroq qil. 3. Juda darslarim ko‘p. …yakshanba kuni… bo‘sh
vaqtim yo‘q, yarim kechagacha dars tayyorlayman. 4. Men bu sirni
160
…sizga… ishonib ayta olaman. 5. Men ikkinchi til sifatida fransuz tilini
tanladim. Sen….? 6. Tabiatni muhofaza qilishga biz… burchlimiz. 7. Sardor
nimaga darsga kelmadi? Undan xabar oldingiz…? Balki kasal…9. Bu esseni
o‘zing yozdingmi? Sen…? Axir oldin ko‘p xato qilar eding….? Bu ishda
deyarli xato yo‘q. 10. Bu qiz ….senga o‘xshaydi. U singling emasmi?
Dostları ilə paylaş: |