Tinglang. Ekotizim nima? I. Quyidagi fikrlarni “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” ga ajrating.
Albert Eynshteyn fikricha, muammolarimizni ularni yuzaga
keltirgan vaqtimizdagi tafakkurimizni o‘zgartirmasdan hal qila olmaymiz.
Ekologik ta’lim sifatini yaxshilashga kuchli ehtiyojning tug‘ilishiga
asosiy sabab – shiddat bilan rivojlanayotgan texnika taraqqiyoti.
Ekotizim – har xil turdagi organizmlarning birgalikda hayot
kechirishini o‘rganuvchi fan.
Yer biosferasi ham ekotizimdir.
Mezoekotizimga qit’a, davlat kiradi.
Tog‘ga bir to‘p kapalak qurti tushib qoldi.
Bolalar oromgohiga bir to‘p kapalak qurti tushib qoldi.
O‘rmon halokatga yuz tutdi.
Bolalar bu halokatning sababchisi o‘zlari ekanliklarini tushunmasdilar.
Bolalar taxina pashshasi yashaydigan gullarni uzib tashlaydilar.
Taxina pashshasining tuxumlaridan paydo bo‘ladigan qurtlar kapalakqurtlarni yo‘q qilib tashlardilar. Savollarga javob bering: 2.
Albert Eynshteyn nima degandi?
3.
Tabiatni muhofaza qilish va maorif sohasidagi chora-tadbirlarni
takomillashtirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri nima?
4.
Hozirgi kunda nima uchun ekologik ta’lim sifatini yaxshilashga
ehtiyoj kuchaygan?
5.
Texnika taraqqiyotining salbiy va ijobiy jihatlari nimada?
6.
Ekotizim deganda nimani tushundingiz?