168
Onam ko‘zimga yana ma’yus qaradi.
– Rasmga(suratga) tushaylik, – dedi kutilmaganda.
Men hayron bo‘ldim.
– Nega (Nima uchun)? Nega birdan rasmga tushmoqchisiz?
– Yaqinda men o‘laman.
Onam bu gapni xuddi “Qo‘shnimning uyiga kirib chiqaman”, degandek
aytdi. Kuldim.
– Qo‘ysangiz-chi, oyi.
Shunday deb ko‘chaga chiqib ketdim.
Oradan ikki hafta o‘tgandan keyin esa onam... o‘ldi.
Kechqurunlari
uyg‘onaman
va o‘ylayman: Sen ahmoq nima uchun o‘shanda kulding?
Suratga tushish uchun vaqting yo‘qmidi? Agar kerak bo‘lsa, vaqt topish
mumkin edi. Kitob uchun, jurnal uchun,
ish vaqtida, bog‘da, ko‘chada...
tushgan rasmlaring bor. Nima, sen kino yulduzimisan? Juda mashhur
odammisan? Ana, stol ustida qancha rasmlaring bor. Bu rasmlar juda ko‘p va
har xil. Lekin faqat... onang bilan birga tushgan rasming yo‘q.
(O‘tkir Hoshimovdan)
2-DARS
2 A
IR TEMUR O‘GITLARI
Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi-yurakdan
chiqqani. Men til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan
aytilgan
maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
Do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda sipohlarni hurmat qildim,
chunki boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotmaydilar.
O‘zlarini ma’raka-maydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar. Agar
g‘anim sipohidan biror kimsa o‘z valine’matiga sidqidildan xizmat qilib,
urush kunlarida menga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham,
unday odamga
nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdim, qoshimga panoh izlab kelganda, uni
qadrlab, ishonchini qozondim, vafodorligi va haqiqat bilan xizmat qilishiga
ishondim.
Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim.
Tuzimni totib, menga
yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar,
sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon
himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
3
Maslahatim shuki,
asli toza, nasli pok, ulug‘ zotlardan bo‘lgan, yaxshi
ravishli kishilardan topib, vazirlar qiling.
Chunki asli toza kishi
169
xatolikka yo‘l qo‘ymaydi, badasl (ya`ni nasli toza emas ma’nosida) esa
vafo qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: