na…na; e)
bo‘lsa, esa bog‘ lovchisi.
Eslab qoling: 1) -
u, -yu yuklamasi biriktiruv va zidliv bog‘lovchilari o‘rnida
qo‘llanishi mumkin:
Nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, indamadi. Nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin indamadi. – Kutobni oldim-u, sening oldingga yugurdim. – Kutobni oldim va sening oldingga yugurdim. 2) -
da yuklamasi
biriktiruv bog‘lovchisi o‘rnida qo‘llanishi mumkin:
Chiroqni o‘chirdi- da , sekin derazadan tashqarida qaradi. – Chiroqni o‘chirdi va sekin derazadan tashqarida qaradi . 3)
bilan ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi o‘rnida
ishlatiladi:
Men bilan akamni chaqirishdi. – Men va akamni chaqirishdi. 4)
balki modal so‘zi bog‘lovchi bo‘lib kelishi mumkin:
Jahon moliyaviy inqirozining ta‘siri pasaymadi, balki yanada kengroq miqyosda tarqala boshladi. 2)Ergashtiruvchi bog‘lovchilar tobe-hokim munosabatli fikr
birliklarini bog‘laydi. Quyidagi turlari bor.
a) Aniqlov bog‘lovchisi: -
ki ,
ya’ni, toki. Shuni bilaman ki , haqiqat men tomonda. b) Sabab bog‘lovchisi;
shuning uchun, chunki, negaki Kecha juda kech uxlashga yotdim, shuning uchun bugun ertalab ko‘zimni ocha olmadim. c)
Shart bog‘lovchisi:
agar, basharti, modomiki ,
garchi, garchand, mabodo. Agar xohlasangiz, choy olib kelaman.