Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
suv ketib qolishi tufayli ro‘zasi fosid bo‘ladi. O‘sha kun ro‘zasini ochmaydi, ammo keyin
qazosini ado etishi kerak. Shuning uchun ham ro‘zador odam imkon qadar g‘uslni vojib
qiladigan amallardan saqlanishi, mabodo shunday holatga tushib qolsa, og‘iz va burunni
juda ehtiyotkorlik bilan chayishi, burunga suv yetkazishda chap qo‘lning kichik
barmog‘idan foydalanishi lozim.
Ramazoni sharifda kunduz kuni uxlab, ehtilom bo‘lsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Shunda og‘iz-
burunni yuvishga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash joizki, bizning mazhabimizda og‘iz va burun
tahoratda ichki, g‘uslda esa tashqi a’zo hisoblanadi. Shuning uchun bu a’zolarni yuvish
tahoratda sunnat bo‘lsa, g‘uslda farzdir.
Boshqa a’zolarni ham sinchkovlik bilan yuvish kerak, agar bir tola soch o‘rnichalik joy
qolsa ham kishi janobatdan pok bo‘lmaydi. Hadisi sharifda:
“Har bir tola soch ostida
janobat bor, bas, sochlaringni yuvinglar va badanlaringni pok qilinglar” deb marhamat
qilingan. Yana bir hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
“Janobatida bir
tola soch o‘rniday joyga suv yetkazmagan kishiga do‘zaxda turlik-turlik azoblar qilinadi”,
deganlar.
Agar tirnoqlar orasida yo badanida hamirga o‘xshash yopishqoq narsalar qolgan va
badanga suv o‘tishiga monelik qiladigan bo‘lsa, bunday holatda g‘usl qilish joiz emas.
Avvalo shu narsani ketkazishi va uning ostiga suv yetkazishi kerak. Ammo loy, tuproq
va kir kabi narsalarni suv ketkaza olgani va bu narsalar o‘ziga suvni qabul qilgani uchun
g‘usl joiz bo‘ladi. Qo‘l va oyoqlarga qo‘yilgan xinolar ham shunday hukmda. Agar soch
yo soqolga yog‘ surtilgan bo‘lsa, sovun yoki shunga o‘xshash vositalar bilan yuvish shart
emas, suvning o‘zini yuritib yuvilsa, kifoya qiladi.
Odatda ayollar zirak taqish uchun quloqlarini teshadilar. G‘usl vaqtida qulog‘idagi ziragini
harakatlantirmasa, teshigining ichiga suv yetdi, deb qalbi taskin topishi kifoya qiladi.
Agar taskin topmasa, albatta, zirakni qimirlatib, harakatlantirib, teshikning ichiga suv
yetkazish shart. Zirak taqilmagan holda ham shunday. Faqat gumoni g‘olib kelmaganda,
qo‘li bilan ishqalab suv yetkazsa, bas. Biror cho‘pga o‘xshash narsa bilan teshikning
ichiga suv yetkizish mashaqqat bo‘lganidan, bunga hojat yo‘q. Agar g‘usl qiluvchining
barmog‘idagi uzuk kichik va tor bo‘lsa, uni harakatlantirib tagiga suv yetkazishi lozim.
Xatna qilinmagan erkaklar zakarining xatna qilinmagan joyi ostiga suv yetkazishlari
vojibdir. Kindikning ichiga ham kichik barmoqni kirgizib, suv yetkazishi vojib
amallardandir.
Dostları ilə paylaş: