www.ziyouz.com kutubxonasi
14
kuchsiz taom yeyish yoki ro‘za tutib yurish maqsadga muvofiqdir.
Haddan ortiqcha jinsiy munosabat ham badanga, ko‘zga zaiflik keltiradi. “Ihyou ulumid-
din”da erkak kishi har to‘rt kechada bir marta jimo’ qilgani mo‘ta’dil holat deyilgan.
Hazrati Ali karramallohu vajhahu: “O‘rtacha bo‘lgan jimo’dan tovonlarga ilik, ko‘zlarga
nur, badanga quvvat yetadi” deganlar.
Mujomaatdan so‘ng peshob qilish vojibdir. Aks holda qolgan maniy qaytib, peshob yo‘lini
bog‘laydi. Oqibatda bedavo dardga giriftor bo‘lish mumkin. Mujomaatdan so‘ng tahorat
qilmoq, yengil uxlamoq va agar ikkinchi marta qo‘shilishni xohlasa yoki junub holatida
taom yeyish zarurati tug‘ilsa, tahorat qilmoq sunnatdir. Bir rivoyatga ko‘ra, er-xotin
jimo’dan keyin o‘ng tomonga o‘girilib, biroz uxlasalar, salomatlikka foydali hamda o‘g‘il
farzand tug‘ilishiga bois bo‘ladi.
Hakimlar aytadi: agar ayolni qo‘rqitib yoki majburan jimo’ qilinsa, tug‘ilgan farzand
zehnsiz va kaltafahm bo‘ladi. Peshindan oldin, oyning avvali va tong otar paytidagi
yaqinlikdan komil va sharafli farzand tug‘iladi.
Dushanba kechasida jimo’ qilishdan farzandning hofizi Qur’on bo‘lishi umid qilinadi.
Farzand saxiy bo‘lmog‘i uchun seshanba kechasi tavsiya qilingan. Payshanba
kechasidagi jimo’ sababidan, farzand taqvodor olim bo‘ladi. Payshanba kuni peshindan
oldin jimo’dan shayton qochadigan hakim va olim farzand dunyoga keladi. Juma
kechasidagi jimo’dan farzand obid va muxlis bo‘lsa-da, farzand baxtli bo‘lmog‘i uchun
juma namozidan oldinroq vaqtni jimo’ uchun g‘animat bilish lozim. Bu tavsiyalarning
barchasi osor va axbor asosida sobit bo‘lgan. Vallohu a’lam bissavob – to‘g‘risini Alloh
bilguchidir.
G’USLNING FARZLARI Insonga qaysi sababdan bo‘lmasin g‘usl qilish vojib bo‘lgan holatni janobat deyiladi.
Janobat - nopoklik holati ekanligi barchamizga ayon. Shuning uchun musulmonlarga
ushbu holatda g‘usl qilib (cho‘milib), poklanish zarur.
Janobatdan so‘ng g‘usl qilishning farzligi Qur’oni karim oyatlari asosida sobit bo‘lgan.
Jumladan, Alloh taolo “Moida” surasining 6-oyatida: “...Agar sizlar junub