Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
uylanur. Va bu (ya’ni zinokor ayollarga uylanish) mo‘’minlarga harom
qilingandir”. (“Nur” surasi, 3-oyat).
Demak, Parvardigori olam bizlarni avvalo mo‘’minalarga
uylanishga buyursa, keyingi
oyatda iymon keltirmagan mushrikalarga va zinokorlarga uylanishdan qaytaradi. Bu biz
uchun juda muhim tavsiyadir. Ayniqsa, zinokor er yoki ayol bilan turmush qurish
haqidagi ogohlantirishga qattiq e’tibor qaratishimiz zarur.
Uylanmoqchi bo‘lgan kishilar eng avval aqlli, pokdomon va
dindor ayolni tanlashlari
lozim. Chunki soliha va yaxshi amallar qiluvchi ayol dunyoning eng afzal boyliklaridan
biri hisoblanadi. Darhaqiqat, er kishi shunday ayol tufayli supir-sidir, pishir-kuydir,
bichish-tikish kabi ro‘zg‘or tashvishlaridan ozod bo‘lib, ilmu ma’rifat
hosil qilishga, toatu
ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishga vaqt topadi. Shu jihatdan soliha va go‘zal axloqli ayol
diniy va dunyoviy ishlarda yordamchi bo‘ladi.
Uylanayotgan kishi aslu nasabi oliy (baland) ayolni ixtiyor qilsin. Chunki asl (ona)
farzandni o‘z tomoniga tortadi. Molu mulkda, izzatu hurmatda o‘zidan pastroq ayolni
talab qilsin, chunki bu jihatlarda erkakning ayoldan ustun bo‘lishi,
uni fitna va
malomatlardan saqlaydi. Shuningdek, xarajati va ehtiyoji kam ayolga uylanish kerak.
Hadisi sharifda:
“Ehtiyoji kam, mahri oz va farzand ko‘rishi oson bo‘lgan ayol barakotli
ayoldir”, deyilgan.
“Hazor savol” kitobida shunday hikoyat keltirilgan. Malika so‘radi: “Bir oilada uch aka-
uka bor. Kattasining sochi qora, o‘rtanchisining
sochi oq-qora, kichkinasining sochi
oppoq, sababi nimada?” Donishmand javob berdi: “Kattasining sochi qoraligiga sabab,
uning xotini odobli, axloqli va eriga itoatli. O‘rtanchasining zavjasi o‘rta hol va
kenjasining ayoli odobsiz va axloqsizligidan dalolat beradi”.
Aslu
nasabi past, dinu diyonatda sust bo‘lgan sohibjamol ayolga uylanish ham xayrli
emas.
Kelinni faqat boyligi, obro‘si va husnu jamoliga qarab tanlamaslik kerak. Erkak xotinni
obro‘siga uchib uylansa, xoru zor bo‘lishi mumkin. Boyligi
va chiroyi uchun turmush
qursa, faqiru muhtoj bo‘ladi. Bu borada Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
“Kimki xotinning molu jamoli uchun uylansa, uning molu jamolidan mahrum bo‘ladi va
kimki ayolning dini uchun uylansa, Alloh taolo u kishiga uning molu jamolini ham nasib
qiladi”, deb marhamat qilganlar.
Yana qaddu qomati, ko‘rinishi noxushlik uyg‘otadigan,
yoshi juda qari va yomon
so‘zlaguvchi, badxulq va badkirdor, zinokor hamda mutakabbir ayollarga uylanish ham
ma’qul emas.
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Muso alayhissalom qavmlari - bani Isroildan bir kishi: “To
yuz kishi bilan maslahat qilmagunimcha uylanmayman”, deb ahd qildi. To‘qson to‘qqiz
kishi bilan maslahatlashdi va: “Erta tongda yo‘limda uchragan birinchi kishining
maslahatiga amal qilaman”, deb o‘yladi. Ertalab unga birinchi ro‘baro‘ bo‘lgan odam –
qamishni ot qilib minib olgan bir devona edi. Bu holatdan u kishi juda xafa bo‘ldi. Ammo
tunda qilgan ahdiga muvofiq shu devonadan maslahat so‘ramoqchi bo‘lib, unga
yaqinlashdi.
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Dostları ilə paylaş: