Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
XUDOYBERDI TO’XTABOYEV (1933)
O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboev 
Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi. U o‘rta maktabni bitirgach, O’rta 
Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida (1950—1955) ta’lim oldi. U ko‘p vaqt «Toshkent 
haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston» oynomasida bo‘lim muharriri va 
boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1972—1977 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir, 
«Sharq yulduzi» oynomasida muharrir o‘rinbosari, hozir esa «Yosh kuch» oynomasining bosh 
muharriridir. 
Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli 
hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, «Sir ochildi» 
(1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar 
ommasining mehr-muhabbatini qozondi. 
U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru 
muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini 
qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq 
devni minib» (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar 
adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh 
bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi 
yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun 
Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991). 
Xudoyberdi To‘xtaboyev bolalar adabiyotining chinakam jonkuyari sifatida «Kamalak» 
nashriyotida muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Bu ijodkor nomi o‘zbek 
jurnalistikasida A. Qodiriy, K. Aliev, V. Mahkamov, U.Yusupov singari feletonchilik borasia ham 
ma’lum va mashhur. Uning o‘tkir feletonlari 60—70-yillar publitsistikasining ajoyib namunalari 
sifatida jamiyatimizning salbiy illatlaridan qisman tozalanishida o‘z amaliy hissasini qo‘shgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin