«Pilayusheye derevo» (1991) singari to‘plamlari chop bo‘ldi. Shuningdek, uning «Men—
Apdijonman», «Andijon samosi», «Kelajakdan bir sado», «Subhidam qo‘shiqlari», «Roz» kabi
she’riy-epik asarlari ham paydo bo‘ldi.
U qo‘shiqchi shoir sifatida ham ma’lum bo‘lib, muallifning ellikdan ortiq g‘azallariga kuylar
bastalangan.
Dramaturg sifatida esa uning «Qotil qim?», «Sevgi afsonasi» kabi dramalari yaratilgan.
Shoirning yuqorida tilga olingan ko‘pchilik to‘plamlariga kirgan she’rlar bepoyon vodiy va uning
zahmatkash kishilari haqidagi qasida desa bo‘ladi. Shuningdek, bir qator qo‘shiq va dostonlarida
esa inson go‘zalligi, ma’naviy olami, o‘zaro mehr-muhabbati, sadoqati haqida bahs yuritadi,
to‘yib-toshib kuylaydi. Uning bir qator asarlari qardosh xalqlar tillariga tarjima bo‘lgan. Ayni
chog‘da shoir hind, chex, rus, arman, ukrain, qirg‘iz adiblari asarlarini ham o'z ona tiliga
ag‘dargan. Shuningdek, uning «Ko‘ngil» nomli qissasi ham chop etilgan. U O’zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir.
Dostları ilə paylaş: