qultum buloq suvi» kabi kitoblarini eslash kifoya. Shuningdek, yaratilgan yuzdan ortiq
hikoyalarining yarmidan ko‘pi hajviy asarlar sirasiga kiradi. Uning «Dushanba, nonushtadan
so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik» kabi
qissalari ham o‘z o‘quvchisiga ega.
U dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab» (Hamza teatrida qo‘yilgan), «Olifta»,
«Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatrida sahialashtirilgan) kabi dramalar ham
yaratgan. Ayni chog‘da «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Minoralar» ostidagi
sirk» «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo» (Ikki seriyali) kabi ssenariylar muallifi hamdir.
Shuningdek, adibning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha» (1987) kabi qissa va hikoyalardan iborat
to‘plamlari «Tekin tomosha» (1989) kabi bolalar uchun hikoyalar majmuasi hamda «Glotok
rodnikovoy vodi» (1987, rus tilida) singari kitoblari chop etildi. Iste’dodli va sermahsul
hikoyanavis, qissanavis bo‘lishi bilan birga, hajviy janr ustasi, bolalar adibi, dramaturg,
kinossenarist va kinopublitsist sifatida kitobxon va tomoshabinga yaqindir.
Dostları ilə paylaş: