sifatida Oliy Kengash rayosati Oshkoralik qo‘mitasi rahbaridir. U Respublika adiblar ittifoqi
boshligi hamdir. U adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga o‘sha o‘rta maktab quchogidaligidayoq
o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy
to‘garaklarda pishgan, chiniqqan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi
bilan bosilib chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z
o‘quvchisiga yetib borgan. Jumladan, shoirning «Qo‘shiqlarim sizga” (1962), «Yurak va aql»
(1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan
doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog‘bon» (1970), «Dostonlar» (1973), «Xrzirgi
yoshlar” (1971), «Muhabbat», «Tirik sayyoralar» (1980) kabv she’riy guldastalari va dostonlari
o‘z kitobxoniga manzur bo‘ladi. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir she’riyati o‘zining
ikki muhim xususiyati bilap o‘zga tengdosh shoirlar ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin
Vohidov — shoir deganda klassik adabiyotimizning ming yillik go‘zal va boy an’analarini hozirya
davrda yangi pog‘onaga ko‘tarayotgan falsafiy shoir ko’z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Qolaversa, inson va jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagini tashkil etadi. U xoh
tabiat haqida, xoh muhabbat haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda
bo‘ladimi hamma-hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafiy
mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi. Shoir «Inson» she’rida:
Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing
Mulki olam ichra bir hoqon o‘zing, sulton o‘zing
,—
degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‘ladi.
Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik she’rlar
muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Majlis qiling», «Donish
qishloq latifalari» kabi she’rlarida ham kamoli inson uchun kurash muammosi bosh g‘oyani
tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va
mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» kabi dostonlari o‘zining badiiy
barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‘da u mohir
dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‘p yillardan buyon Hamza nomli teatr
sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir.
Erkin Vohidov otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda.
Uning «Shoiru, she’ru, shuur» kitobi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga u mohir tarjimon
sifatida S. Yesenin, L. Ukrainka, M. Svetlov, A. Blok, R. Hamzatov, S.Kaputikyan kabi iste’dodli
shoirlarning she’rlarini o‘z ona tilida so‘zlata oldi. Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk
nemis shoiri Gyotening «Faust» asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot
oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti
sovrindori bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: