YO’LDOSH SULAYMON (1935) Samimiy va beg‘ubor tuyg‘ular bilan adabiyotimiz xazinasini boyitayotgan adiblardan biri
Yo‘ldosh Sulaymondir. U 1935 yilda Qo‘qonning Oydinbuloq qishlog‘ida tavallud topgan. O’rta
maktabni bitirgach, yoshlar yetakchisi, muallim bo‘lib ishlagan. 1960 yillarga kelib Farg‘ona
Davlat pedagogika institutini tugatgan. Shundan so‘ng uch sohada — maktabda, madaniyat
o‘choqlarida, ro‘znomalarda turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Farg‘ona bo‘limini ham boshqargan. Hozirgi kunda esa
«Adolat» ro‘znomasida mas’ul vazifani ban«aradi. Uning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib,
shu kungacha o‘n beshdan ortiq she’riy, nasriy to‘plamlari hamda «Subhidam» (1973), «Vafo»
(1979) kabi romanlari chop etilgan.
Yo‘ldosh Sulaymon avvalo bolalar shoiri sifatida adabiyotimiz qutlug‘ dargohiga kirib kelgan.
Uiing «Biz sayohatchilarmiz», «Hamma havas qiladi», «Rahima-chi, vahimachi» kabi she’riy
majmualari, beg‘ubor bolalik, beg‘araz do‘stlik, samimiylik, tabiatga mehr-muhabbat tuyg’ulari
bilan to‘lib toshgandir.
Yo‘ldosh Sulaymon publitsist, ocherknavis va hikoyanavis sifatida ham barakali ijod qilib keladi.
Uning «Katta yo‘lga chiqquncha», «Da’vatingni eshityapman, hayot» (1967—1971) kabi
ocherklari va «Boqiy umr» kabi hujjatli qissalari o‘zining badiiy puxtaligi, hayotiyligi, ehtirosli his-
tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, adibning «Sen mening quyoshimsan» nomli
ocherklar to‘plamiga kirgan asarlari o‘zining tarixiyligi, realligi bilan e’tiborlidir. Unda asrlar
mobaynida suv, erk, yer, Vatan uchun olib borilgan jangu jadallar qatnashchisi bo‘lgan ona xalq
haqidagi samimiy tuyg‘ular kitobxon qalbiga chiroq tutadi.
Yo‘ldosh Sulaymon qaysi janrda, qanday mavzuda va kim uchun yozmasin, uning ijod tajribalari
adibning «Subhidam» va «Vafo» romanlarining yaratilishida bir mahorat maktabi bo‘lib xizmat
etdi, desak xato bo‘lmas. Shu jihatdan uning har ikki romani adabiyotimiz taraqqiyotida ham,
yozuvchi ijodida ham sezilarli iz qoldirdi. Har ikki asarda ham yurtimizning, xalqimizning Oktyabr
to‘ntarishi davri hayoti, kurashi, qurbonlari, orzu-umidlari, intilishlari keng jabhada ifodasini topdi.
Xususan, «Subhidam» romaiidagi voqealar ancha tirband, murakkab, syujet chizig‘i ham
shunga yarasha jiddiy. Unda 20-yillar o‘lkamizdagi siyosiy-ijtimoiy hayot fonida ikki
sevishganlarning judolik azobida, ayriliqda ezilishi, ruhiy dramalari umumlashtirilgan. Undagi
bosh qahramon Qo‘ldoshali mana shu ijtimoiy kurash yillarida o‘z sevgilisi Saodatni yo‘qotib
qo‘yadi. Qo‘ldoshali dushmanlari esa Saodatni o‘z boy otasi bilan xorijga o‘tib ketgan deb
aldashadi. Qo‘ldoshali ham sevikli yori dardi bilan Afg‘onistonga o‘tadi. Yozuvchi
Qo‘ldoshalining musofirchilikda tortgan azob va iztiroblarini, yor dardida kuyganligini ishonchli
tasvirlaydi. Qo‘ldoshali musofirchilikda bo‘lsa ham o‘z eli, yurti, ona Vatani, yoriga bo‘lgan
muhabbati va sadoqatiga sodiq qolishi vafo jilovini tuta olganligini ko‘rsatadi.
Hamisha xushchaqchaq, chehrasidan tabassum arimaydigan beg‘ubor va samimiy qalbli adib
hozirgi kunda yangi ijodiy ejalar bilan band.