Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ERKIN SAMANDAR (1935)
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining kamol topishida iste’dodli yoshlarning o‘rni va roli benihoyadir. 
Ular orasida jurnalist va publitsist, shoir, va dramaturg, nosir Erkin Samandarning ham o‘z 
ovozi, o‘ziga xos sozi bor. Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 
Navxos qishloshda oddiy oilada dunyoga kelgan. 
U o‘z tengdoshlari kabi o‘rta maktabni tugatgach, Xorazm Davlat pedagogika oliy bilimgohiga 
o‘qishga kirib, uni 1957 yilda tugatadi. So‘ngra O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi A. S. 
Pushkin nomli (hozirgi Alisher Navoiy nomli Adabiyot ilmgohi) Til va adabiyot instituti 
aspiranturasida o‘qishni davom ettiradi. So‘ng Xorazm viloyatining nohiya ro‘znomalarida, 
«Xorazm haqiqati» ro‘znomasida hamda viloyat partiya va madaniy qurilish ignlarida mas’ul 
vazifalarni bajaradi. «Xorazm haqiqati» (1977) ro‘znomasida bosh muharrir bo‘lib ishladi. 
Shuningdek, «Yoshlik» hamda O’zbekiston radiotelevideniesi adabiy-dramatik ko‘rsatuvlari 
bo‘lim boshligi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Respublika Vazirlar mahkamasi raisnning o‘rinbosari 
ham bo‘ldi. 
Erkin Samandar ijodkor, adib sifatida 50-yillar o‘rtalari adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga kirib 
kelgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Amu jilolari» nomi bilan 1966 yilda chop etiladi. So‘ngra 
«Osmon to‘la nur» «Dunyoning yoshligi» (1970), «Vafo degan gavhar» (1975), «Sevgi fasllari» 
(1973), «Shedrost rassveta» (1973), «Mening yigit vaqtim» (1979), «Qabul soatlari» (1980), 
«Sohildagi bolalar» (1982), «Saylanma», «Yurakka yo‘l» kabi o‘ndan ortiq she’riy majmualari 
chop etildi. Mazkur to‘plamlarga kirgan deyarli barcha asarlarda yaxshi odamlar, go‘zal tabiat, 
insoniy muhabbat, sevgi va vafo, mehnat va hayot tashvishlari, armonlaru gumonlar, qisqasi 
chuqur ma’naviyat ildizlarini ochishga intilish seziladi. Ayniqsa, u yaratgan yuzdan ortiq 
qo‘shiqlar faqat magnit lentalari yoki plastinkalardagina emas, tinglovchilar qalbida ham 
muhrlanib qolgan. Uning «Fransiya daftari», «To‘qson daqiqa» (sakkizliklar), «Shom qo‘shiqlari» 
kabi turkum she’rlarida jahon ko‘rgan shoirning hayot va odamlar haqidagi falsafiy xulosalari o‘z 
badiiy in’ikosini topgan. 
Erkin Samandar shoir sifatida «Qabul soatlari», «Sevishganlar shahri», «Komissar», «Erk 
sadolari», «Ajdodlar qilichi» kabi o‘nga yaqin dostonlar ham yaratgan, eng so‘nggi she’riy asari 
«Bahor fasli, yor vasli» deb nomlangan bo‘lib, u to‘qsonta sakkizliklardan tarkib topgan alohida 
turkumdir. Shuningdek, dramaturg sifatida «Javohir», «Ajdodlar qilichi», «Olma pishganda 
keling» kabi sahna asarlari Ogahiy nomli teatrda ko‘p vaqtdan beri qo‘yilib keladi. 
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Erkin Samandar nosir sifatida ham ko‘plab publitsistik 
asarlar va ocherklar muallifidir. Ayniqsa, uning «Daryosini yo‘qotgan qirgoq» (1989) romani 
yetuk romannavis sifatida ham shakllanayotganidan darak beradi. Unda tabiat, Orol 
ekologiyasigina emas, eng muhimi, ma’naviyat ekologiyasi sohasida sodir bo‘layotgan 
qashshoqlik, fojea va ularning ildizlari, oqibatlarini ochish, muhabbat bilan qabohat o‘rtasidagi 
kurash hayotiy tarzda o‘z ifodasini topgan. Chin muhabbat, chin do‘stlik hamisha og‘ir bo‘lsa 
ham qabohat, xoinlik hiyonatdan ustun kelishi umumlashtirilgan. Unga «Lenin Xorazmda» va 
«Sevishganlar shahri» (1980) asarlari uchun respublika yoshlar mukofoti berilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin