qavmi edilar. (A’rof, 132-133.) Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «To‘fon balosidan murod ekin-tikinlarni va mevalarni to‘kib, yakson qiluvchi
davomli yoqqan yomg‘irdir».
Ato va ba’zi olimlarning fikrlaricha, to‘fon o‘limning ko‘p bo‘lishidir.
Mujohid: «To‘fon suv va vabo kasalligidir» - degan.
Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «To‘fon o‘limdir». Salmon al-Forsiy aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan chigirtka haqida so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
dedilar: «Chigirtka Allohning eng ko‘psonli askarlari bo‘lib, uni men yemayman, sizlarga yeyishni harom ham qilmayman». Olimlarning e’tirof etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chigirtkani haromligi uchun emas, taqvo sababidan
yemaganlar, shuningdek poklik sababidan piyoz, sarimsoqni yemaganlar. Ammo boshqa musulmonlarga bu
narsalarning iste’moli man etilmaydi.
Abdulloh ibn Abu Avfo aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yetti g‘azotda qatnashganmiz va safarda
chigirtkani yeganmiz».
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Qummal donning ichidan chiqadigan qurtdir». Boshqa rivoyatda, qanotsiz
chigirtka, deganlar.
Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam: «Qummal burgadir» - degan. Zafode’ (birligi zifda’dir) barchaga mashhur bo‘lgan qurbaqadir. Qibtiylar ovqat uchun og‘izlarini ochsalar,
ovqat o‘rniga qurbaqa tushardi.
Misr hududida toza ichimlik suvi qolmagan edi. Nil daryosidanmi yoki quduq-buloqlardanmi yo biror idishdanmi suv
ichmoqchi bo‘lsalar, o‘sha onda qip-qizil qonga aylanardi. Bu holat bani Isroilga bilinmasdan, faqat qibtiylargagina bilinishi
ayni mo‘‘jiza edi. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 256-bet.) ﺎﱠﻨَﻋ َﺖْﻔَﺸَآ ْﻦِﺌَﻟ َكَﺪْﻨِﻋ َﺪِﻬَﻋ ﺎَﻤِﺑ َﻚﱠﺑَر ﺎَﻨَﻟ ُعْدا ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ُﺰْﺟِّﺮﻟا ُﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ َﻊَﻗَو ﺎﱠﻤَﻟَو َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺑ َﻚَﻌَﻣ ﱠﻦَﻠِﺳْﺮُﻨَﻟَو َﻚَﻟ ﱠﻦَﻨِﻣْﺆُﻨَﻟ َﺰْﺟِّﺮﻟا