Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
19
160. Illo, qaysilari tavba qilib, xatolarini tuzatib, (haqiqatni) bayon qilsalar, ularning tavbalarini qabul
eturman. Men - tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirman.
161. Kufrda bo'lib, kofirlik holida o'lib ketganlarga barchaning - Allohning, farishtalar va odamlarning
la'natlari bo'lgay.
162. U yerda (do'zaxda) abadiy qolurlar, azoblari yengillashtirilmas va (jazo ham) kechiktirilmas
163. Ilohingiz yagona ilohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) mehribon va rahmlidir
164. Albatta, osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, odamlar
uchun foydali narsalar ortilgan kemalarning dengizda suzishida, Alloh osmondan tushirib, u sababli
"o'lik" yerni tiriltirgan suvda, turli jonzotlarni unda (yerda) tarqatib qo'yishida, shamollarni (turli
tomonga) yo'naltirishida va osmon bilan Yer orasidagi itoatli bulutda aqlni ishlatadigan kishilar uchun
alomatlar (Allohning qudratiga dalillar) bordir.
165. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular Allohdan o'zga (soxta ma'buda)larni Unga teng
bilib, Allohni sevgandek ularni sevadilar. Imon keltirganlarning Allohga bo'lgan muhabbatlari esa
(ularnikidan) kuchliroqdir. Zolimlar (qiyomatda) azobni ko'rganlarida butun kuch-qudrat Allohga xos
ekanini va Allohning azobi (o'ta) qattiqligini bilsalar edi!
166. (Qiyomat kuni) azobni ko'rib peshvolar o'z ergashuvchilaridan tonadilar va (ularni birlashtirib
Dostları ilə paylaş: