174. Alloh nozil qilgan Kitob (Tavrot)dagi narsani (Muhammad vasfini) sir tutadigan va uni ozgina
bahoga sotadiganlar, albatta, o'z qorinlariga olov yegan bo'lurlar. Alloh qiyomat kunida ular bilan
so'zlashmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ularga alamli azob (berilur).
175. Hidoyat o'rniga zalolatni, mag'firat o'rniga azobni sotib olgan kimsalar ana o'shalardir. Bas, do'zax
(azobi)ga buncha ham "toqatli" bo'lmasalar!
Izoh: Bu ibora ularga istehzo shaklida aytilmoqda. Zero, do'zax azobiga toqat qila oladigan jonzot bo'lishi
mumkin emas. Zalolat bilan azobni ixtiyor etganlar oxirat azobini o'ylab qo'ysinlar, deb tanbeh berilmoqda.
176. Bu (jazo) - Alloh Kitob (Tavrot)ni haqiqatan nozil qilgani va bu Kitob xususida ixtilof qiluvchilar
(haqiqatdan) juda ham uzoqda bo'lganlari uchundir.
177. Yuzlaringizni Mashriq va Mag'rib tomonlariga burib, (ibodat qilishingizning o'zi to'la) yaxshilik
emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg'ambarlarga imon keltirgan, o'zi
yaxshi ko'rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo'lovchiga, tilanchilarga va qullarni
ozod qilish yo'lida beradigan, namozni to'kis ado etib, zakotni to'lab yuradigan kishi va kelishilgan
ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, og'ir-yengil kunlarda va jang paytida sabr qiluvchilar yaxshi
kishilardir. Aynan o'shalar (imonlarida) sodiqdirlar va aynan o'shalar taqvodordirlar.
178. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga o'ldirilgan kishilar uchun qasos olish farz qilindi: ozod kishi
muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan. Birodari tomonidan avf etilsa
(xun to'lashga rozi bo'linsa), u holda yaxshilik bilan bo'yin sunish va xunini yaxshilab to'lash (zarurdir).
Bu (hukm) Rabbingiz tomonidan yengillik va marhamatdir. Bas, kimki shundan keyin ham haddidan
Dostları ilə paylaş: |