qabul qilib, sizlarni avf etdi. Endi, ular bilan (ro'za kechalarida bemalol) qovushib, sizlar uchun Alloh yozgan (taqdir etgan) narsani (farzandni) umid etaveringizlar. Shuningdek, tonggacha, ya'ni, oq ipni qora ipdan ajratsa bo'ladigan vaqtgacha yeb-ichaveringlar. So'ng, ro'zani kechgacha (quyosh botguncha) mukammal tutingizlar! Masjidlarda e'tikofda bo'lgan paytlaringizda (kechalari ham) ular (xotinlar) bilan qo'shilmangizlar! Bular (aytilgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz. Odamlar (man etilgan ishlardan) saqlanishlari uchun Alloh o'z oyatlarini mana shunday aniq bayon qiladi. Izoh: Bu oyat nozil bo'lgunga qadar Ramazon oyida, hatto kechalari ham er-xotinning jinsiy aloqa qilishlari man etilgan edi. Izoh (a): Masjidda e'tikof niyati bilan o'tirgan ro'zadorga bir necha ishlar man etiladi. Jumladan hojat taqozo qilmaganda tashqariga chiqish, savdogarlik qilish (molni keltirmasdan savdo qilishi mumkin), sukut saqlash, behuda gapirish, jinsiy aloqa qilish kabilar. Ayol kishi o'z uyida e'tikof o'tirishi mumkin. E'tikofning eng oz muddati bir kundir. 188. Mol(-mulk)laringizni o'rtalaringizda botil (yo'llar) bilan yemangiz! Shuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yo'l bilan yeyish (o'zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola qilmangiz. Izoh: Hadisi sharifda ham aytilgan: "Men ham bir insonman. Mening huzurimga haq talashib, da'vo bilan kelib turasizlar. So'zga ustalik qilib, nohaqlik bilan o'zgalar haqini o'zlashtirib olsangiz, bilib qo'yingki, o'sha narsa do'zaxning bir cho'g'idir. Xohlagan uni olsin, xohlamagan olmasin". (al-Buxoriy va Muslim rivoyatlari) 189. Sizdan (ey, Muhammad), hilollar (yangi oylar) haqida so'raydilar. "Ular odamlarga (yil hisobi) va haj uchun vaqt o'lchovlaridir", -deb ayting. Uylarga orqa tomondan kirishingiz yaxshilik emas, balki
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur